Joriy yilning 28-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida navbatdagi universitet ilmiy kengashi o‘tkazildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori va ilmiy kengashi raisi, professor Jasur Rizayev ilmiy kengashni ochib berdi va barcha yig'ilish ishtirokchilarini O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklab, yurtimizga tinchlik, farovonlik, hammaning kelgusidagi ishlarida omad yor bo'lishini tiladi.
Universitet ilmiy kengashining kun tartibidagi asosiy e’tibori o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning tahlili hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatiga qaratildi. Universitet ilmiy kengashi a’zolari tomonidan universitet o‘quv xonalari, o‘quv-ilmiy jihozlar va qo‘llanmalarning tayyorlik holati, universitetga qarashli talabalar turar joylarining tayyorlik holati bo‘yicha ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, yangi o‘quv yili davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator chora tadbirlar ko‘rib chiqilib, muhokamaga qo‘yildi.
Yig‘ilish davomida ilmiy unvon va darajalarni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilarga diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
SamDTU matbuot xizmati