24 mart kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari va Hayot faoliyati oʻquv markazi oʻqituvchilari, universitet boʻlimlari xodimlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar qatnashdilar.
Tadbirda Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazi oʻqituvchisi A.Turdiqulov va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan talabalarga qish-kuz mavsumida nimalarga rioya qilish, gaz plitalari va isitish moslamalari, yongʻin oʻchirish anjomlaridan foydalanish yuzasidan amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda favqulodda holatlarda yongʻin sodir boʻlganda ulardan toʻgʻri foydalanish haqida tushuntirildi. Shuningdek, davra suhbatida talabalar qoʻlbola isitkich moslamalaridan foydalanmasligi va yongʻin xavfsizligiga rioya qilish, dud boʻronlardan va elektr isitgichlardan toʻgʻri foydalanish kerakligi qayd etildi.
2023-yilning oʻtgan oylarida tabiiy ofatlar, jumladan respublikamiz hududlardagi sel va koʻchkilar hamda asr fojiasi deb nom olgan Turkiyadagi zilzila oqibatlari yuzasidan slayd materiallari orqali batafsil tushunchalar berildi.
Tadbirga jalb etilgan universitet tyutorlarining ijarada turuvchi har bir talabani yashash joylarini oʻrgangan holda ular yashaydigan xonadonlarda imoratlarning zilzilabardoshligi insonlarga xavf soluvchi predmetlardan xavfsiz holatga keltirish, bunday vaziyatlar yuz berganda insonlarni hayotdan bevaqt kuz yumushlarini oldini olishda ehtiyotkor boʻlishlari aytildi.
Tadbir soʻngida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga soha xodimlaridan javob olishdi.
SamDTU matbuot xizmati