Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU da OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

  Joriy yilning 30-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida 1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan targʻibot va tashviqot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Samarqand viloyat OITS markazidan vrach-epidemiolog D.M.Axmedova, vrach-laborant J.Shirinboyev, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi G.I.Xudayberdiyeva, universitet bosh murabbiysi, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedra mudiri A.N.Maxmudova, fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.O.Zaripov va fakultet tyutorlari hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

  Har yili dunyo boʻyicha 1,5 million kishi chalinadigan OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi) haqida yigʻilganlarga maʼlumot berildi hamda ushbu asr vabosining kelib chiqishi va tarqalishiga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida gapirib oʻtildi. Bu bugungi kunda nafaqat tibbiyot xodimlaridan balki butun jamiyatdan ham ogohlik va sergaklik talab qilishi taʼkidlandi.

  Shuningdek, yigʻilish davomida 1-son Davolash fakulteti dekani Gʻ.U.Lutfullayev tashabbusi bilan “Jamiyatda ayol va qizlarning DEO gʻoyalari taʼsiriga tushishlarining ijtimoiy va psixologik omillari” mavzusi boʻyicha targʻibot tadbiri ham boʻlib oʻtdi. Tadbirda Samarqand shahar kengashi deputati, Samarqand viloyat targʻibot guruhi rahbari S.X.Zohidova, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi G.I.Xudayberdiyeva, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedra mudiri A.N.Maxmudova, fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.O.Zaripovlar ishtirok etib, oʻz soʻzlarida jamiyatdagi ayol va qizlarning turli ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlari sabablari va oqibatlari haqida maʼlumotlar berib oʻtishdi. Tadbir suhbat tarzida tashkil etilib, talabalar oʻzlarida tugʻilgan savollarga javob oldilar.




SamDTU Matbuot xizmati