21-25 sentabr kunlari Granada shahrida (Ispaniya) neyroxirurgiya boʻyicha II-Xalqaro talabalar kongressi boʻlib oʻtdi. Xalqaro kongress ishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya kafedrasi xodimlari va talabalar faol ishtirok etdilar.
Tantanali ochilish marosimida Osiyo neyroxirurglar assotsiatsiyasi prezidenti, professor Yoko Kato (Yaponiya), Sharite gospitali neyroxirurgiya boʻlimi mudiri Piter Vaykozzi (Germaniya) kabi dunyoga mashhur neyroxirurglar ishtirokchilarni qutlab maʼruzalar oʻqidilar. Shuningdek, Salema Abdulrauf, Fransisko Fernandes, Jorj Xanna, Rebekka Peres, Jorj Kristian Tonn, Valter Stammer kabi yetakchi neyroxirurg-olimlar ishtirokchilar uchun oʻz mahorat darslari oʻtkazildi.
Konress ishi jarayonida ishtirokchilarga oʻz mahoratini namoyish etish va zamonaviy mikroneyroxirurgiya usullari, xususan, ultratovushli assimilyatsiya (Soring, Germaniya), radiochastota ablasyonu (Avanos, Germaniya) va mikroskopni (Zeiss Tivato, Germaniya) oʻrganish sharoitlar muhayyo qilindi berildi.
Kongress dasturiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining neyroxirurgiya kafedrasi talabalari “Yosh neyroxirurglar” ilmiy jamiyati aʼzolarining 8 ta maʼruzasi kiritildi. Kongressda neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, dotsent Aliyev M.A. va neyroxirurgiya toʻgaragining faol ishtirokchisi, davolash fakulteti 5-kurs talabasi Quvondiqov K.A. “Miya exinokokkozli bemorlarni immunokorreksiyalovchi davolashning ahamiyati” mavzusida maʼruza bilan soʻzga chiqdilar. Shuningdek, Neyroxirurgiya toʻgaragi rahbari, tibbiyot fakulteti 5-bosqich talabasi Xolmurodova X.X., xalqaro fakultet talabalari Muhammadvasim Saidakbarxon, Mayrax Nur, Rabiya Zafar, Minaxil Hammad, Muhammad Zaryabxon; Xolmurodov O.X., Akramova A.A., Jonimqulova D.A., Faruxova M.Z., Xudoyberdiyeva D.A., magistr-rezidentlar Abduvoyitov B.A. va Abdulhakimov P.V. onlayn tarzda ishtirok etdilar. Taqdimot bilan chiqish qilgan ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Neyroxirurgiya boʻyicha II-Xalqaro talabalar Kongressining yopilish marosimida Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Mansur Aliyev forumni mazmunli oʻtkazilishi uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi va Universitetimiz neyroxirurgiya sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga doimo tayyor ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
SamDTU matbuot xizmati