×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Dental ring – Ipak yo‘li” nomli xalqaro anjuman o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Dental ring – Ipak yo‘li” nomli xalqaro anjuman o‘tkazildi. Stomatologiyadagi ilmiy-amaliy yutuqlar hamda dolzarb muammolarga bag‘ishlangan anjumanda Respublikamiz hamda Rossiyalik bir qator soha vakillari ishtirok etdi.

  Anjuman davomida “Og‘iz bo‘shlig‘i salomatlik ko‘zgusi sifatida”, “Briketdan keyin tish emalining postorodontik tiklanishi”, “Tishlarning oldingi guruhini tiklash: mumkin yoki mumkin emas”, “Tish milkidan oqilona foydalanish” va boshqa bir qator dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Rossiya davlat ijtimoiy universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda sohaga doir ko‘plab yangiliklar, ilmiy va amaliy yutuqlar o‘zaro almashinib, muammo va kamchiliklar yuzasidan fikrlar o‘rtaga tashlandi. Shuningdek, talabalar va boshqa ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  “Dental ring – Ipak yo‘li” mavzusidagi xalqaro anjumanning tashkil etilishi nafaqat viloyatimiz, balki Respublika miqyosida stomatologiya sohasining rivojlanishi, xalqaro maydondagi o‘zaro bilim va tajriba almashishning jadallashishiga zamin yaratadi.


SamDTU Matbuot xizmati