22-noyabr sanasi “Xalqaro psixologlar kuni” sifatida nishonlanadi. Sana munosabati bilan Respublikamizda ham bir qator tadbirlar, uchrashuvlar va seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan hamda 22-noyabr -“Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti Respublika psixologlarining ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanda Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarining 160 nafardan ortiq psixolog mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminar ochilishdan soʻng ishtirokchilar tomonidan inson psixologiyasi, psixologik yondashuv усуллари, bolalar hamda oʻsmirlar psixologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan bir qator maʼruzalar tinglandi, ular yuzasidan fikr almashinildi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari oʻrtasida “ZAKOVAT” intellektual oʻyini ham tashkil etilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Seminar yakunida esa ishtirokchilarni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosi hamda muzeyi bilan tanishtirish maqsadida universitet boʻylab sayohat tashkil etildi.
SamDTU matbuot xizmati