Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU da “Ota-onalar kongresi” bo’lib o’tdi

  Universitetda ta’lim olayotgan yoshlarning sifatli bilim olishlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ota-onalarning ishtirokini yanada kuchaytirish hamda universitet faoliyati bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida 6-oktyabr kuni “Ota-onalar kongresi” tashkil etildi.

  Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Tangirov Eldor Sayfullaevich, Tibbiy kimyo kafedrasi mudirasi, tibbiyot fanlari doktori Xolmurodova Dilafruz Kuvatovna hamda bir qator faol talabalar ota-onalari bilan ishtirok etdilar.

  Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan va tashkil etilgan tadbirlarda o’zining faolligi, bilimi hamda liderlik salohiyati bilan namuna bo’lgan talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar berildi. Tadbir so‘ngida iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan she’r va kuy-qo‘shiqlar uchrashuvga yanada ko’tarinki kayfiyatda bag’ishladi.


SamDTU matbuot xizmati