Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi

  4-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati, Raxmanov Baxodir Ubaydulloevich, O`zLiDeP  Samarqand shahar Kengashi deputati, G’aybullayev Fazliddin Abdigafurovich hamda SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori, R.I. Mirzoyev, O`zLiDeP  partiyasining SamDTU bo’yicha vakili, SamDTU Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti Pediatriya fakulteti koordinatori, I.X. MamaraimovSamDTU “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, A.N. Maxmudova shuningdek, talabalar ishtirok etdilar.

  Uchrashuvda F.A. G’aybullayev talabalarga O`zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” dasturini tanishtirdi va shu dastur bo’yicha talabalar bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Talabalarga mazkur loyiha partiya faoliyatini yanada ommalashtirish, kadrlar tanlash hamda mamlakatimizning nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilarining siyosiy faolligini oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.

  Muloqot so’ngida B.U.Raxmonov jamiyatda partiyalarning o’rni va ahamiyati haqida o’z fikrini bildirdi va O`zLiDePning O’zbekiston Respublikasi rivojlanishidagi o’rni haqida gapirib, talabalarga kerakli tavsiyalar berdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

SamDTU matbuot xizmati