Joriy yilning 12-sentabr kuni 2-son davolash fakulteti bituruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda fakultet dekani Obid Xamidov talabalarnig muammolari bilan tanishib, yangi o’quv yilining qay tartibda tashkil etilishi xususida ma’lumot berib o’tdi. Bitiruvchi bosqich talablarining til sertifikatlarini qoʻlga kiritish boʻyicha natijalari tahlil qilinib, chet tilini o’rganishda yuzaga kelayotgan muammolar muholama etildi. Shuningdek, 2022/23-o’quv yildagi talablarning o’zlashtirish ko’rsatkichi monitoring qilinib, kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida oʻtkazilib, talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga javoblar berildi.
SamDTU matbuot xizmati