×
Menu
Close Menu

​Xorijlik mutaxassis “Paradont kasalliklarini davolashda anʼana va innovatsiyalar” mahorat darsini oʻtkazdi

  13-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakultetiningOgʻiz boʻshligʻi jarrohligi va dental implantologiyakafedrasida Durr Dental (Germaniya) hamdaDe factum Educationoʻquv markazi hamkorligidaParadont kasalliklarini davolashda anʼana va innovatsiyalarmavzusida mahorat darsi tashkil etildi.Maʼruzata stomatologiya fakultetini talabalari va professor oʻqituvchilari ishtirok etdilar

  Mahorat darsini spikeri sifatida chiqish qilgan t.f.n. Yekaterina Loboda ishtirokchilarga paradont kasalliklari etiologiyasi va patogenezi, diagnostikasi, paradont toimasi holatini baholash, “Vectorultratovush sistemasi, “Vectorultratovush apparatidan foydalanish, klinik holatlar muhokamasi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi

  Maʼruza soʻnggida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.



SamDTU matbuot xizmati