×
Menu
Close Menu

​SamDTU Akademik litseyida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Akademik litseyida narkologlik hamda turli psixotrop moddalarga ruju qoʻyish va ularning tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi ijrochi direktori X.I.Maxmudova, SamDTU rektori maslahatchisi E.Aripov, SamDTU “Psixiatriya, narkologiya va tibbiy psixologiya” kafedrasi assistenti Z.Qarshiyev, Samarqand viloyat IIB jamoat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi J.Samandarov, patrul post xizmati batalyoni komandiri M.Toʻxtamurodov, akademik litsey psixologi J.Xakimov, oʻqituvchilar va akademik litseyni 120 ziyod oʻquvchilari ishtirok etdilar.

  Tadbirni akademik litsey direktori oʻrinbosari F.Mamatqulov ochib berdi. Soʻzga chiqqan mehmonlar bugungi kunda global muammoga aylanib ulgurgan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari hamda yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olishga qaratilgan maʼruzalari bilan yigʻilganlarga maʼlumotlar ulashdilar.

  Tadbir ishtirokchilarining eʼtiboriga mavzuga oid videorolik hamda slaydlar namoyish etilib, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javob berildi.


SamDTU matbuot xizmati