14-yanvar yurtimizda Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kuni Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ona yurtimiz doimo oʻzining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Bayram sanasi munosabati bilan mamlakatimizning barcha joylarida turli uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Bayram munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakultetini biologik kimyo kafedrasi xodimlari Serjantlar tayyorlash maktabiga tashrif buyurib, Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʻlishi uchun oʻz kuch-gʻayratini ayamaydigan harbiylarimiz holidan xabar olib ularni bayram bilan tabrikladilar. Harbiylarga minnatdorchiliklar izhor etib respublikamiz tinchligi yoʻlida xizmat qilayotgan Vatan posbonlari, yoshlar tarbiyasi uchun masʼul boʻlgan oʻqituvchi va murabbiylarning kelgusi ishlariga omadlar tiladilar.
Barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaymiz, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʻliq-salomatlik, ulkan zafarlar tilab qolamiz!