Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU bitiruvchilarini ijtimoiy ahamiyatga ega mutaxassisliklarga jalb qilish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi

  2022-yil 6-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida bitiruvchi kurs talabalari orasida kelajakda oʻz kasbini tanlash maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mutaxassisliklarga yoʻnaltirish boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi. Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi tomonidan tashkil qilingan uchrashuv bitiruvchilarni gematologiya va transfuziologiya, pulmonologiya, allergologiya va klinik immunologiya, reabilitologiya, neyroxirurgiya, sud tibbiyot ekspertizasi, atalogik anatomiya, ftiziatriya, mehnat gigiyenasi yoʻnalishlariga qiziqishini oshirish hamda vakant mutaxassisliklar oʻrnini toʻldirish boʻldi.

  Uchrashuvni koʻzlagan maqsadi va kutilayotgan natijalari haqida davolash fakulteti dekani oʻrinbosari Tolib Nabiyev tushuntirdilar. Tegishli kafedra mudirlari chiqishlar qilib hozirgi kunda dolzarb va ijtimoiy jihatdan muhim boʻlgan mutaxassisliklar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar, bitiruvchilarni tegishli fan sohalari boʻycha klinik ordinatura va magistraturaga kirishga va xalqiga xizmat qilishga chaqirdilar.

  Uchrashuv jonli tarzda oʻtkazildi, ishtirokchilar barcha berilgan savollariga javoblar oldilar.


SamDTU matbuot xizmati