×
Menu
Close Menu

​Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul davom etmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik ordinaturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 17-iyuldagi 238-sonli buyrug’iga asosan amalga oshiriladi.

  Qabul kvotasi ilova qilinadi.

Klinik ordinatura (rezidentura) orqali tibbiyot kadrlarni 2024/2025 O‘quv yilida tayyorlash bo‘yicha mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat talim yo‘nalishlari ro‘yxati.pdf 

Quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:

1. Rektor nomiga ariza (namuna);

2. Diplom (ilovasi bilan);

3. 086-U tibbiy ma’lumotnoma;

  Hujjatlarni qabul qilish faqat ONLAYN tarzda OneID tizimi orqali  interactive.sammu.uz saytida amalga oshiriladi. (hujjat topshirishda har bir talabgor o’ziga tegishli telefon raqamidan foydalanishi va ushbu telefon raqami doimiy ishlab turishi shart)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call markaz:  9:00 - 18:00 (Dushanba-shanba)

+998 91 337 38 91 Kamalov Anvarjon Ibragimovich

+998 98 189 00 96 Shopulotov Shoxrux Asliddinovich

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul joriy yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

  Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari test shaklida o’tkaziladi.