Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi o’qishga taklif etadi

  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga o’qish uchun hujjatlarni qabul qilish jarayonlari 2024-yilning 10-apreliga qadar davom etadi.  Akademiyada quyidagi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim jarayoinlari yo’lga qo’yilgan:

I.BAKALAVRIYAT

 - harbiy vrach (1 yil)

 - Gigiena-epidemiologiya harbiy vrachi (1 yil)

II. HARBIY INTERNATURA

- Ichki kasalliklar (terapiya) (1 yil)

- Umumiy xirurgiya

- Yuqumli kasalliklar yo‘nalishlar bo‘yicha(1 yil)

- Harbiy epidemiolog, harbiy gigienist(1 yil)

III. KLINIK ORDINATURA

- Ichki kasalliklar (terapiya) (2 yil)

- Umumiy xirurgiya (3 yil)

- Yuqumli kasalliklar (2 yil)

IV. MAGISTRATURA

- Harbiy sog‘liqni saqlashni tashkil etish va menejmenti (2 yil)

- Gigiyena yo‘nalishlar bo‘yicha (2 yil)

- Tashxisning instrumental va funksional usullari (2 yil)

- Terapiya, xirurgiya, yuqumli kasalliklar (3 yil)

V. DOKTORANTURA

 -   Harbiy tibbiyot (3 yil)

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy tibbiy ta’lim muassasalari davolash fakulteti 5-bosqich talabalari hamda Tibbiy profilaktika fakulteti 4-bosqich talabalari hujjat topshirishlari mumkin. 

Shuningdek, Harbiy tibbiyot akademiyasi talabalariga quyidagi imtiyoz va yengillilklar ko’zda tutilgan:

  •  Bepul yotoqxona (2 o‘rinli);
  •  Uch mahal bepul issiq ovqat;
  •  Faslga qarab bepul harbiy kiyim-kechaklar;
  •  Pul ta’minoti (stipendiya):

      - Qoniqarli bahoga o‘qigan kursantlarga– 886 949 so‘m;

      - Yaxshi bahoga o‘qigan kursantlarga– 1 009 792 so‘m;

      - A’lo bahoga o‘qigan kursantlarga– 1 163 064 so‘m.

  •  Shahar transportlaridan bepul foydalanish;
  •  Harbiy davolash muassasalarida bepul davolanish;
  •  Qishda 15 kunlik ta’til yozda esa 30 kunlik ta’til;
  •  Yozgi ta’tilga te’mir yo‘l va davlat avtotransportidan bepul foydalanish
  •  Ota-onalar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi