×
Menu
  • Государственный Флаг Республики Узбекистан
  • Государственный Герб Республики Узбекистан
Close Menu

Кафедра детской хирургии, анестезиологии и реаниматологии ФПДО

Shamsiev Jamshid Azamatovich

Kafedra mudiri, professor


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00-15:00
Tel: +998 97 910 00 41
E-mail: shamsiyevja@mail.ru
Manzil: Samarqand Sh., M.Ulug'bek ko`chasi 70a

Isakov Abdurauf Mamadyarovich

Kafedra dotsenti t.f.n., ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’sul

Dars o‘tadigan fani:

Bolalar xirurgiyasi

Tel:

+998975785352

Dars o’tadigan kurslari:



KAFEDRA XODIMLARI



Babayarov Qarshiboy Rabbimovich

Kafedra katta o‘qituvchisi, o‘quv ishlari bo‘yicha ma’sul

Dars o’tadigan fani:

Bolalar anesteziologiya va renaimatolgiya

Tel:

+998 (91) 522 60 00

Dars o’tadigan kurslari:
3, 4, 5

Daniyarov Erkin Suyunovich

Kafedra katta o‘qituvchisi, davolash ishlari bo‘yicha mas’ul

Dars o’tadigan fani:

Bolalar xirurgiyasi

Tel:

+998 (97) 914 50 22

Dars o’tadigan kurslari: 3, 4, 5

Maxmudov Zafar Mamadjanovich

PhD, assistent, davolash ishlari bo‘yicha mas’ul

Dars o’tadigan fani:

Bolalar xirurgiyasi

Tel:

+998 (93) 721 90 06

Dars o’tadigan kurslari:

3, 4, 5

Dusyarov Jalolitdin Toirovich

Kafedra assistenti

Dars o’tadigan fani:

Bolalar anesteziologiya va renaimatolgiya

Tel:

+998 (91) 283 88 33

Dars o’tadigan kurslari:

3, 4, 5


Unabaev Jasur Oromovich

Kafedra assistenti

Dars o’tadigan fani:

Bolalar anesteziologiya va renaimatolgiya

Tel:

+998 (90) 502 02 25

Dars o’tadigan kurslari:

3, 4, 5


KAFEDRA TARIXI


  1997 yilda professor A.M.Shamsiev rahbarligida gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi qoshida vrachlar malakasini oshirish fakultetining bolalar xirurgiyasi kursi tashkil etilgan edi. (SamTI rektorining 1997 yil 17 iyun № 147-sonli buyrug‘i) kursning birinchi mudiri etib t.f.n. dotsent Sh.A.Yusupov,

Yusupov Sh.A.

kurs dotsenti etib N.R.Mamurov va o‘quv ishlari uchun mas’ul etib t.f.n. M.S.Melieva tayinlangan.

Mamurov N.R.

2002 yildan o‘quv ishlari uchun mas’ul etib t.f.n., assistent, 2005 yildan B.A.Yuldashev tayinlangan edi.

Yuldashev B.A.

  2005 yildan kurs mudiri lavozimiga t.f.n., dotsent J.A.Shamsiev tayinlangan. Kurs faoliyatining dastlabki yillarida 2,5 oylik malaka oshirish kurslari, keyinchalik 6 oylik bolalar xirurgiyasi bo‘yicha ixtisoslashtirish, shuningdek 2 va 1 oylik malaka oshirish sikllari o‘tkazilgan.

  2013 yildan SamTI diplomdan so‘ngi o‘qitish fakultetining bolalar xirurgiyasi kursi bilan bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiya kurslari birlashtirilib, bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Bugungi kungacha kafedrani t.f.d., professor J.A.Shamsiev boshqarib kelmoqda.

  Hozirgi vaqtda mazkur kafedrada t.f.d., professor J.A.Shamsiev, dotsent A.M.Isakov, t.f.n. Z.M.Maxmudov, assistentlar E.S.Daniyarov, K.R.Babayarov, J.T.Dusyarov, J.O.Unabaevlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra SamTI 2-klinikasi bazasida joylashgan.

  Kafedra foliyati Samarqand viloyati va boshqa qo‘shni viloyatlar terapevt-vrachlari malakasini oshirish, ularni yangi tekshiruv usullariga o‘rgatishga ham yo‘naltirilgan.

  Kafedra o‘zining faoliyati davomida 2500 dan ortiq bolalar xirurglari va 1500 ta bolalar anesteziolog-reanimatologlarini o‘qitdi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR.


  Haftaning har payshanba kunlari kafedrada “Ma’naviyat va ma’rifat” soatlari o‘tkazilib boriladi.

  Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotiga tegishli yangiliklar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ya’ni Respublika Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining buyruq va qarorlari o‘rganiladi. Kafedra xodimlari institutda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Viloyatlarda va tumanlarda kafedra xodimlari (Q.R.Babayarov) Covid-19 pandemiyasi profilaktisi va davolashda faol ishtirok etyapti.


O‘QUV-USLUBIY ISHLAR


  Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi o‘quv me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida tashkil etiladi. Jumladan:

  • O‘zbekiston Respublikasi maorif to‘g‘risida (29 avgust 1997 y).
  • 06.05.2019 yildagi PQ-4310 “Tibbiy va farmasevtik tizimda kadrlar tayyorlash hamda ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  • 7.04.2020 yildagi PQ-4666 “Mediko-sanitar sferada kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  • O‘zbekiston Respublikasi SSVning 15.06.2020 yildagi № 160-sonli “Tibbiy sanitariya va farmasevtika kadrlarni uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i.
  • Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi (29 avgust 1997 y).
  • O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 26 fevraldagi № 125-sonli “Sog‘liqni saqlash xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va boshqarishdagi davlat talablari” buyrug‘i.
  • Fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha standart va ishchi dasturi.

  Kafedarning faoliyati bolalar xirurglari, bolalar anesteziolog-reanimatologlari, bolalar urologlari, neonatologlar, umumiy xirurglar, UASh vrachlari va tez yordam vrachlarining malakalarini oshirish, birlamchi ixtisoslashtirish, yangi davolash, tashxislash usullarini o‘rgatish, zamonaviy davolash standartlarni o‘rgatish kabilarga yo‘naltirilgan. SamTI 2-klinikasi bo‘g‘ini uchun zarur bo‘lgan zamonaviy tashxislash asbob-uskunalar hamda Rossiya va boshqa davlatlarda malaka oshirib kelgan mutaxassislarga ega.

  SamTI vrachlarini diplomdan so‘ngi tayyorlash fakulteti bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi bo‘yicha UAShlar uchun 7 ta, QVP terapevtlari, oilaviy poliklinikalar va boshqa tor soha mutaxassislari uchun zarur o‘quv dasturlariga ega.

Sikllar nomi

O‘quv turi

Kontingentlar

Davomiyligi

1.

Bolalar shoshilinch xirurgiyasi

TU

Bolalar xirurglari, urologlar va neonatal xirurglar

1 oy 144 soat kreditlar

2.

UASh vrachlarining uroandrologik patalogiya amaliyoti

TU

Poliklinika, shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, UASh vrachlari, bolalar xirurglari, pediatr va tez tibbiy yordam vrachlari

0,25 oy

36 kreditlar

3.

UASh bolalarda shoshilinch xirurgiya amaliyoti

TU

Poliklinika, shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, UASh vrachlari, bolalar xirurglari, pediatr va tez tibbiy yordam vrachlari

54 kreditlar

4.

Chaqaloqlarda tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini diagnostikasi va davolash usullari

TU

Poliklinika, shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, UASh vrachlari, bolalar xirurglari, pediatr va tez tibbiy yordam vrachlari

0,5 oy 72 kreditlar

5.

Bolalarda o‘tkir nafas yetishmovchiligi

TU

Anesteziolog-reanimatoglar, poliklinika, shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, UASh vrachlari, bolalar xirurglari, pediatr va tez tibbiy yordam vrachlari

0,5 oy 72 kreditlar

6.

Bolalar anesteziolog va reanimatologiyasi bo‘yicha dolzarb muammolar

TU

Anesteziolog-reanimatoglar, poliklinika, shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, UASh vrachlari, bolalar xirurglari, pediatr va tez tibbiy yordam vrachlari

54 kreditlar

7

Bolalarda o‘tkir zaharlanish

TU

Anesteziolog-reanimatoglar, poliklinika, shoshilinch tez tibbiy yordam markazi, UASh vrachlari, bolalar xirurglari, pediatr va tez tibbiy yordam vrachlari

0,5 oy 72 kreditlar

  Tinglovchilarni o‘qitish uchun ma’ruza materiallari prezentatsiya shaklda, amaliy mashg‘ulotlar rejasi, test sinovlari va amaliy ko‘nikmalar sanamasi mavjud.

  Ma’ruzalarni t.f.d, professor J.A Shamsiev o‘qiydi. Amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarni assistentlar Q.R.Babayarov, E.S.Daniyarov, A.M.Isakov, Z.M.Maxmudov, J.T.Dusyarov, J.O.Unabaevlar olib boradi.

  Tinglovchilarning bilimlari baholash reyting tizimida olib boriladi. Joriy nazorat og‘zaki so‘rov va mashg‘ulot paytida amaliy-ishlash yo‘li bilan o‘tkaziladi.

  Tinglovchilar uchun so‘ngi 2 yilda 6 ta uslubiy qo‘llanma va 3 ta monografiya tayyorlangan.

  • A.M.Shamsiev, Sh.A.Yusupov, M.P.Razin, J.A.Shamsiev “Bolalarda tarqalgan appendikulyar peritonit” monografiyasi Moskva izd. “GEOTAR-Media”, OOO tipografiya “Perfektum” Cheboksar shahri 2020 yil 206 bet.
  • A.M.Shamsiev, J.A.Shamsiev, K.E.Raxmanov “Jigar exonokokkozi xirurgiyasi” monografiyasi. Toshkent “O‘zbekiston”, 2020, 191-bet
  • A.M.Shamsiev, A.M.Isakov, J.A.Shamsiev. “Bolalarda bronxoektaziya” monografiyasi. “HILOL MEDIA” Toshkent – 2021 yil, 136 bet.

ILMIY-TADQIQOT IShLARI


  Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi bo‘lib: tashxislash muammolari, bolalarda rivojlanishning tug‘ma nuqsonlarini klinik kechish xususiyatlari va davolash, bolalarda exonokokkoz, o‘pkaning surunkali kasalliklari.

  Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha 4 ta PhD dissertatsiya ishlari olib borilmoqda.

  Kafedra xodimlari tomonidan 8 ta monografiya, 40 tadan ziyod uslubiy va ilmiy ishlanmalar, 600 tadan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 7 ta kashfiyot ishlab chiqilgan.

  Onlayn shaklida ko‘plab xalqaro konferensiyalarda chiqishlar qilingan.

  Kafedrada 3 ta monografiya 5 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlangan.

Xalqaro konferensiya qatnashchilari