1.Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar: Bu bo‘limda kafedramiz o‘qituvchilari Universitet tomonidan belgilangan kunlarida 3-son talabalar turar joyida navbatchilik ishlarini bajarib kelmoqda.
2. Shaxsning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish. Har hafta seshanba va juma oralig‘ida kafedrada talabalar bilan birgalikda ma’naviyat soati o‘tkaziladi.
3. Diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish. 16-noyabr – Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati bilan talabalarni diniy mutassablikdan saqlash maqsadida dinlar va mazhablararo bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish borasida kafedramizda maʼnaviyat darslari o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi bilan hamkorlikda «Millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va uning ahamiyati” mavzusida uyushtirilgan yig‘ilishlarda universitetimiz va kafedramiz xodimlari faol ishtirok etib keladi.
4. Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nashr qilingan kitoblari, gazetadagi nutqlari, vazirlar mahkamasi qarorlari va oliy majlis sessiyalari materiallari qabul qilingan qonun va farmonlarining barchasini kafedraning har payshanba o‘tkaziladigan maʼnaviyat darsida o‘qituvchi va talabalarga o‘qib eshittiriladi. Kafedramizda maʼnaviy-ahloqiy bilim berishdan tashqari, ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish ham amalga oshirilib boriladi.
5. Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish. Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish bo‘yicha talabalar o‘rtasida diniy mutassiblik, eksterimistik, terroristik tashkilotlar g‘oyaviy tahdidlarning oldini olish maqsadida « Diniy eksterimizm – tinchlik va taraqqiyot dushmani”, «Maʼrifiy islom – aqidaparastlikni qoralaydi” mavzularida kafedramiz o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida seminar- treninglar tashkil etildi.
6. Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash. Milliy qadriyatlar va anʼanalar, ajdodlarimizning boy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha «Maʼnaviyat soatlari” uchun mavzular va kerakli materiallar tayyorlanadi. 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayramida maʼnaviyat soatlarini o‘tkazdik. A.Navoiy va Z.M.Bobur bobolarimizning tavallud kunlariga bag‘ishlangan maʼnaviyat soatlarini Universtitetimizning rahbarlari ishtirokida, ularni o‘z davrida qanday ishlar qilganliklari haqida maʼruza qildi.
14-yanvar ,,Vatan himoyachilari’’ kuni bilan bizning kafedramiz a’zolari H.I.Nurboyev, D.A.Toshmurodov va Sh.X.Keldiyorovalar bilan birgalikda Samarqand shahridagi ,,Kichik serjantlarni tayyorlash’’ maktabiga bordik. Yig‘ilishda harbiy vrach podpolkovnik A.Jumayev, A.Urozaliyev, A.Norqulov. Serjantlardan X.Ulmasov, D.Davronova va M.Tolibovlar ishtirok etishdi.
Kafedramiz a’zolari 9-aprel Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlangan tadbiri 1-son TTJda ,,Siz temuriylar bilimdonimisiz’’ mavzusidagi viktorina o‘yiniga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir o‘tkazdik. Tadbirimiz kafedra mudiri dot.Xalikov Q.M va kafedra a’zolari dots.Nurboyev H.I va ass.Keldiyorova Sh.X lar tashabbusi bilan tashkil etildi. G‘olib talabalar kafedraning kamtarona sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu yilning 9-may ,,Xotira va qadrlash’’ kuni munosabati bilan 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Samarqand shahar ,,Kichik serjantlar tayyorlash maktabi’’ga tadbir o‘tkazish uchun kafedramiz a’zolari H.I.Nurboyev, G‘.Usarov va Sh.X.Keldiyorovalar harbiy maktabga bordik. Kafedra dotsenti v.b. H.I.Nurboyev yig‘ilganlarga Prezidentimizning harbiy sohaga qaratilgan e’tibori va ularga hozirda yaratilgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi va barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Keyin so‘zga tabriklash uchun Sh.Keldiyorova chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Tadbir so‘nggida fotosuratlarga tushdik.
Samarqand viloyati hokimligi va universitetimiz rahbari J.A.Rizayev topshirig‘i bilan bizning kafedramizga maktablar bilan ustoz-shogird ishlarini olib borish maqsadida bizga Qushrobod tumani Quvkalla MFYga qarashli 70-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan shartnoma imzolandi. Shu munosabat bilan kafedramiz a’zolari yil davomida Qushrobod tumanidagi 70- umumiy o‘rta talim maktabi bilan ustoz-shogird an’analarini o‘tqazib keldi. Va maktabga dars mashgulotlarini sifatli darajada o‘tqazish uchun o‘zlarini o‘quv-qo‘llanmalari bilan yordamlashib kelmoqda. 2022-yil 14-may kuni dotsent v.b. M.U.Djalilov, dotsent v.b. X.I.Nurboyev assisent N.K.Murtazayeva va S.A.Xalimovalar boshchiligida 70-umumiy oi‘rta ta’lim maktabiga borishdi. Tadbirda tuman xokimi X.K.Oqbutayev va shoir Sobir Unarlar ham ishtirok etdi.
7. Professor-o‘qituvchilarning dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy saviyasini yuksaltirish. Professor o‘qituvchilarning dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy saviyasini yuksaltirish, oshirish ishlari kafedramizda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada maʼnaviy ishlar bo‘yicha maʼsul shaxs sifatida men haftaning seshanba va juma kunlari oralig‘ida Universitetining maʼnaviyat bo‘limi tomonidan berilgan maʼnaviyat soati mavzusini olib kelaman va kafedra mudiri dotsent K.M.Xalikov boshchiligida o‘qituvchi va talabalarni ertalab 8:30 da maʼruza zaliga yig‘ib katta maʼnaviyat soati darsi o‘tkaziladi.
1-son TTJda o’tkazilgan “Siz Temuriylar bilimdonimisiz” tadbiri (2022-yil 9-aprel)
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan kafedra a’zolari Samarqand shahridagi kichik mutaxassislar(serjantlar) tayyorlash maktabida(2022-yil 9-may)
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan kafedra a’zolari Samarqand shahridagi kichik mutaxassislar(serjantlar) tayyorlash maktabida( 2022-yil 14-yanvar)
Kafedra a’zolari Qo‘shrabot tumani Quvkalla MFY ga qarashli 70-maktab jamoasi bilan ustoz-shogird an’analarida (2022-yil 18-may)