×
Menu
Close Menu

DKTF psixiatriya kursi

Ochilov Ulugbek Usmanovich

Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Psixiatriya kursi mudiri, tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00-14:00
Tel:

+998 (97) 910 24 64

E-mail: ulugbek_o@mail.ru
Manzil:

Samarqand sh., Barkamol koʼch., 18 –uy


PSIXIATRIYA KURSI TARIXI


  2018 yil 16 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” №3606-sonli Qarori asosida Samarqand davlat tibbiyot instituti Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasida Diplomdan keyingi ta'lim fakul'teti tarkibida Psixiatriya kursi tashkil etildi va unga t.f.n. Velilyaeva A.S. rahbarlik qildi.

  SamDTI Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi, psixiatriya kursi bilan mudiri t.f.n. Velilyaeva A.S. (2018-2020y.)

  Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining o‘quv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan.

  Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, psixiatriyani o‘rganayotganda kursantlar amaliy klinik jihatlar bilan tanishadilar, ular mustaqil ravishda amaliyotda uchraydigan tadqiqot usullari bilan tanishadilar.

  Kurs bo‘yicha malaka oshirish sikli davomida kursantlar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun imtihon topshirishlari kerak.


KAFEDRA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Psixiatriya kursi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kursda ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Kubaev R.M. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kursda professor-o'qituvchilar kursantlar o'rtasida ish olib boradi:

  • Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • kursantlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • kursantlar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida kursantlarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
  • kursantlar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish.

KURS O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


  Kursda o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining o‘quv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan.

  Normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, psixiatriyani o‘rganayotganda kursantlar amaliy klinik jihatlar bilan tanishadilar, ular mustaqil ravishda amaliyotda uchraydigan tadqiqot usullari bilan tanishadilar.

  Kurs bo‘yicha malaka oshirish sikli davomida kursantlar amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun imtihon topshirishlari kerak.

  Kursda klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish kursantlar uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat standarti;

– O’quv dasturi;

– O’quv ishchi dastur;

– Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– xalqaro tavsiyalar;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan.

  Kurs kutubxonasi:

  • Kutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 20 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Kursantlar uchun mavzuga oid bemorlarni shifoxonaning xar bir bo‘limida ko’rish tashkil etilgan.


KURSDA ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  So‘nggi yillarda kurs xodimlari tomonidan 36 ta ilmiy maqola, shu jumladan 22 ta maqola chop yetildi, asosan VAK tomonidan ko‘rib chiqiladigan jurnallarda.

  2018 yilda kurs xodimlari tomonidan bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi: Ochilov Ulugbek Usmanovich "OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste'mol qiluvchi bemorlarda ruhiy buzilishlarning shakllanishi va dinamikasi".

  Ayni paytda professor Magzumova Sh.Sh. rahbarligida Ochilov U.U. "O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlar: shakllanishi, klinikasi, terapiya va reabilitasiya masalalari (transkultural ahamiyati)" mavzusida doktorlik dissertasiyasi amalga oshirilayapti.

  2018 yildan beri kurs xodimlari Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 8 ta seminar, forum va konferensiyalarda ma'ruzalar qildilar. 40 ga yaqin tezislar chop etildi.

  Universitetimizda kurs ishtirokida "Psixiatriya, tibbiy psixologiya va suisidologiyaning dolzarb muammolari: zamonaviy amaliyot va rivojlanish yo‘nalishlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI


  2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "EL-YURT UMIDI" fondi tanlovining dasturiga muvofiq chet elda o‘qituvchilarni tayyorlash uchun Ochilov Ulugbek Usmanovich 29.11.2019 yildan 26.12.2019 yilgacha 144 akademik soat miqdorida Rossiya Federatsiyasining akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universitetida "Narkologiyaning dolzarb masalalari" mavzusida malaka oshirish siklini Diplomdan keying ta'limi fakulteti Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasida professor Petrov D.S. rahbarligida o‘tdi.

Akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti

DKTF psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri professor t.f.d. Petrov Dmitriy Sergeevich