Yurtimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy ishlar mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Xudayarova G.N. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ma’naviyat va ma’rifat ishlarni talab darajasida olib boradilar.
Kafedrada professor-o'qituvchilari aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
Kafeda barcha xodimlari ma’naviyat soatlarida reja asosida va dunyoda bo’lgan yangiliklar ma’lumotlarni respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdilar;
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga kelgantalabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish har bir kafedra professor-o'qituvchilari o’z zimmasidagi vazifadek bajaradilar;
Har bir inson huquqiy, siyosiy va dunyoviy bilimlarga ega bo’lishi zarur, shuning uchun talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan suhbatlar tashkil qilidi, kafedra xodimlari talabalar turar joylarida kitobxonlik kechsi o’tkazishdi. Kafedra xodimlari talabalar bilan birgalikda Milliy va umumxalq bayramlarda, shanbaliklarda va hasharlarda faol qatnashishgan.
Talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarsivama'naviy muhitni shakllantirishhaqida davra suhbati o’tkazildi. Kafedra yosh assistentlari universitetda o’tkaziladigan sport (shaxmat, engil atletika, arqon tortish) musobaqalarida faol
qatnashadilar.