×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    Xozirgi vaqtda Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasida TIJ kuyidagicha faoliyat kursatadi: raxbar kafedra mudiri dotsent Z.B. Babamuradova, mas’ul assistent Muxitdinova G.Z. Kafedrada Ichki kasalliklar fani buyicha tugarak mavjud. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari, ichki kasalliklar fanini uzlashtirish buyicha yunalish beriladi. Kafedra xodimlari raxbarligida talabalar bilan birgalikda ilmiy amaliy konferensiyalarida, maxalliy va xalkaro olimpiadalarda ishtirok etadi va Respublika hamda xalqaro jurnallarida tezis va ilmiy maqolalar nashr qilinadi.Undan tashqari tanlangan mavzulari bo‘yicha terapevtik bulimlarida bemorlar kuratsiyasi va ularning kasallik tarixi o‘tkazilayotgan muolajalar vrachlar bilan muhokama qilinadi.

    Xozirgi vaqtdaTIJ da 15 ta talabalardan tashkil topgan ishtirokchilar qatnashadi.

Quyida 2022-2023 yillarda talabalar faoliyatining qisqacha yutuqlari sarhisobi keltirilgan.

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasida 06.04.2023 kuni bo‘lib o‘tgan “Followers of Avicenna” deb nomlangan III xalqaro olimpiadasida Azamov Abror (ilmiy raxbar ass. Safarova M.P.) talabamiz qatnashib faxriy o’rinlarni oldilar:

19-may Toshkent Tibbiyot Akademiyasida bulib utgan “Actual Problems of Patological Anatomy” deb nomlangan konferensiyada 4 kurs MD talabasi Prashant Kumar (ilmiy raxbar dots. Babamuradova Z.B) ma’ruza bilan qatnashdi:

Talabalar tomonidan chop etilgan maqola va tezislar:

    Pediatriya fakulteti 4 kurs talabasi Dulopov  J.ning “Detection and Correction of Hypokalemia in Patients with  Refractory Chronic Heart failure» nomli maqolasi “ Scholastic. Journal of natural and medical education” jurnalida chop etildi (ilmiy raxbar ass.Nizomov B.U).

    Pediatriya fakulteti 4 kurs talabalari Turaev Sh. va Bekkamov S. larning “ Clinical and diagnostic parameters of rheumatic heart disease and features of the course” nomli makolasi “Innovations in Technology and Science Education” jurnalida  xamda “ Causes of the origin of cardiovascular diseases and their protection” nomli makolasi “ Scientific aspects and trends in the field of scientific research” jurnalida chop etildi (ilmiy raxbar ass.Turkmanov M.M). 

    Shu bilan birga universitetimizda talabalar-shifokorlar va yosh olimlar uchun har yili o`tkaziladigan konferentsiyada bizning tugaragimizdagi talabalar faol katnashadilar. Jumladan 2023 yil may oyidagi  “Достижения фундоментальной и прикладной медицины и фармации”  mavzusidagi 77-xalkaro ilmiy – amaliy konferentsiyasida talabalarimiz tayyorlagan makolari boʼyicha maʼruzalar tayyorlab yukori o‘rinlar oldilar.