×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  "1-son akusherlik va ginekologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Bo’lajak akusher ginekologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun akusherlik va ginekologiya bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning zamonaviy yondashuvlari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Akusherlik va ginekologiya bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning zamonaviy yondashuvlaribo'yicha, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Shopulotova Zarina Abdumuminovna, bugungi kunda u 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi, uch karra “Rektor stipendiyasi” sohibi, Prezident stipendiyasi sohibi va ko’plab konkurslar, olimpiadalar va loyihalar g’olibasi.

  To’garakning telegram ijtimoiy tarmog’idagi guruhi: https://t.me/+0hhpyz7H46UyYmE6

  To’garakning instagramm sahifasi: sno_agn1

  To'garak sardori: Zubaydullayeva Zarina, 5 kurs davolash ishi fakulteti talabasi,10 dan ortiq ilmiy maqola va tezilarning muallifi va hammuallifi, "Rektor stipendiyasi" sohibi.

  1-son akusherlik va ginekologiya" kafedrasi "Bo’lajak akusher ginekologlar" to'garakkidabugungi kunda 40 dan ortiq talabalar qatnashib kelmoqdalar. TIJ a’zolari kafedra assistentlariga biriktirilgan bo’lib, ular o’rtasida ustoz shogirdan’analari yaxshi shakllantirigan.

  Kafedrada o‘tkazilgan yig’ilishlarda ustozlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini tanlash, ilmiy izlanish jarayonida kerakli bo‘lgan birlamchi xujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish, yuritish xaqida tushunchalar berib borish barobarida talabalarning oratorlik qobilyatini rivojlantirish maqsadida o‘z ilmiy ishlariga doir mavzularda prezentatsiyalar taxlanib, ularning taxlillari xam olib borilmoqda.

  Kafedra mudiri va mas’ul tomonidan SamDTU iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo‘lib talabalar ilmiy ishlari bo'yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borishmokda. TIJ a'zolari xozirgacha o‘tkazilgan maxalliy, xalqaro olimpiadalar, konfrentsiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko‘rsatib kelishmoqda

  Bundan tashqari 1-son akusherlik va ginekologiya" kafedrasi TIJ aьzolari birgalikda Xalkaro va Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda TIJ a'zolari va ularga tayinlangan ilmiy raxbarlar tomonidan makolalar yozib borilmokda.