×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    Pediatriya fakulteti Yuqumli kasalliklar kafedrasida tashkil qilingan “Yosh infeksionistlar” ilmiy to‘garagiga 2022-2023-o‘quv yilida 18 nafar to’garak a’zolari bo‘lib, shulardan 2 nafar magistratura  va 3 nafar klinik ordinator rezidentlari a’zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o‘tkaziladigan to‘garakda faol qatnashib kelmoqda. Har bir to‘garak a’zosi kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda.

    O‘quv yili davomida 23 marta ilmiy to‘garak yig‘ilishlari o‘tkazildi. Ilmiy to‘garak azolariga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida malumotlar berib boriladi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig‘ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning nato’garakalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to‘g‘risida master-klasslar yil davomida olib boriladi.

    To’garak a’zolari tomonidan 2022-2023-o‘quv yili davomida Mahalliy va Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar nato’garakalari tahlil etilib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir to‘garak a’zolari aloxida mavzulardan chiqishlar qilishib, amaliiy tarzda faol ishtirok etadilar, shuningdek, amaliy ko‘nikmalar bilan mustaqil shug‘ullanishadi.            

    To’garak a’zolari tomonidan 2022-2023-o‘quv yili davomida talabalarning umumiy chop etilgan Xalkaro va Respublika ilmiy makola va tezislar soni  30 tani tashkil qiladi.

    SamDTU tomonidan 16-17-dekabr 2022-yilda tashkil qilingan “Samarqand-2020” xalqaro ilmiy olimpiadada kafedraning to’garaka’zolari faol qatnashib diplomlar va nominatsiyalar qo‘lga kiritishdi, shulardan 5 nafar talaba diplomlar (Kilicheva Nodira I, Bakhronov Shkhzod II, Temirov Oybek II, Eshtemirov Laziz III, Kilichov Sherbek III darajali), 9 nafar talaba nominatsiyalar (Umarov Umurzoq, Khasanova Nafisa, Qochqorov Nodirbek, Khamidova Manurakhon, Zokirov Shokhidjon, Qurbonov Alisher, Kurbonov Shakhboz, Umarov Firuz, Burkhanov Temurbek).

    BuxDTI tomonidan 9-10-mart 2023-yilda tashkil qilingan “Ot ucheniya Abu Ali ibn Sina – do tretego RENESSANSA” III xalqaro ilmiy olimpiadada kafedraning to’garaka’zolari faol qatnashib diplomlar va nominatsiyalar qo‘lga kiritishdi, shulardan 7 nafar talaba diplomlar (Kuchkarov Nodirbek I darajali, Turayev Jasur II, Misha Yasin II darajali, Abdullayev Ilhom III, Bakhronov Jakhongir III, Shodizoda Saidkamol III, Makhmudova Umida III darajali), 3 nafar talaba nominatsiyalar (Muhammed Ahmed Irashad, Khamidova Manzuraxon, Nurboyeva Iroda).

    Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 19-20-aprel 2023-yilda tashkil qilingan “FOLLOWERS AVICENNA” III xalqaro ilmiy olimpiadada kafedra 2 nafar to’garak a’zolari Bakhronov Jakhongir Jasurovich va Davronova Mahliyo Alisher qizi faol qatnashib III darajali diplom va sertifikat qo‘lga kiritdilar.

    SamDTU tomonidan 19-20-may 2023-yilda tashkil qilingan “ACHIEVEMENTS OF FUNDAMENTAL, APPLIED MEDICINE AND PHARMACY” 77-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida kafedraning to’garak a’zolari faol qatnashib diplomlar va nominatsiyalar qo‘lga kiritishdi, shulardan 12 nafar talaba diplomlar (Nurboyeva Iroda I, Sabirova Asal I darajali, Baxronov Jaxongir II, Islomov Sanjar II, Uralov Javoxir II, Subxonova Sarvinov II, Iskandarova Sabina II, Kuchkarov Nodirbek II, Ne’matov Xumoyun II darajali, Vaxobova Nilufar III, Saidov Xusniddin III, Misha Yaseen III darajali), 1 nafar talaba nominatsiya (Xamidov Fozilbek).