Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari – Ichki kasallikllarning dolzarb muammolari, revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda differensiallashgan yondashuv, bronxial astma va surunkali bronxitning kliniko-immunologik xususiyatlari, virus etiologiyali jigar sirrozining genetik tamoyillari bo`yicha olib borilmoqda. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.

  2021-2022 o`quv yilida kafedrada 8 nafar pedagogik xodimlar faoliyat yuritishdi.Xodimlardan 2 nafari PhD, 1 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 6 nafari ilmiy darajaga ega bo`lmaganlar. Kafedra ilmiy salohiyati 38 % ni tashkil qiladi.

  Kafedra mudiri dotsent Babamuradova Z.B. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.tib.30.02 raqamli Ilmiy kengashida 2020 yil 17 sentyabrda “Значение фенотипических, генетических маркеров на развитие, течение и раннюю диагностику недифференцированной дисплазии соединительной ткани” mavzusida tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbar: T.f.d. Shodikulova G.Z. Hozirgi kunda dots. Babamuradova Z.B. «Revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda differensiallashgan yondashuv» mavzusida Tibbiyot fanlari doktori yo`nalishida ilmiy izlanish olib bormoqda.

  Kafedra dotsenti, tibbiet fanlari nomzodi Ishankulova Dilorom Kamarovna institut qoshida 1986 yildanshu kungachafaoliyat olib bormoqda. 1988 - 1991 yillarda Rossiya Sankt-Peterburg shaxridaButunittifok Sogliqni saqlash vazirligi qoshidagi Pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti qoshida maqsadli aspiranturani o’tagan. (VNII pulmonologii MZSSSR, Sankt-Peterburg ). 1992 yildamazkur institut qoshida «Клиническое значение вирусной инфекции и иммунореактивности у болных острым бронхитом» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Hozirgi vaqtda «Клиническое значение вирусной инфекции и иммунореактивности на этапах формирования хронического бронхита» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. D.K. Ishankulovaga 2004 yilda Uzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan (NOSTRIFIKATSIYa)Butunittifoq pulmonologiya ilmiy-tadqiqot institutidagi ixtisoslashgan kengashning tavsiyasiga ko’ra DOCTOR OF PHILOSOPHY ( Ph. D.) MEDICINE ilmiy darajasi berildi. 2004 yildan beri dotsentlik lavozimida ishlab kelmokda. Ishankulova D.K. 2-ta o’quv qo’llanma, 6 o’quv-uslubiy qo’llanma, hamda 60 dan ortiq ilimiy maqolalar muallifidir.

  Pediatriya fakulteti Ichki kasalliklar kafedrasidan Nasirova A.A. tomonidan SamDTI Ilmiy kengash 22.10.2021 yil «Клинико-иммунологические особенности БА и ХОБЛи их сочетание» mavzusida tibbiyot fanlari bo`yicha Falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qildi. Ilmiy rahbar: t.f.d. Bazarova C.A. – Toshkent Reabilitasiya markazi katta ilmiy xodimi.

  Kafedraning 3 nafar xodimi mustaqil izlanuvchilar hisoblanib, ular o`z yo`nalishida ilmiy izlanish olib bormoqda.

  • Shodiyeva G.R. «Вклад генетических факторов в прогрессировании цирроза печени вирусной этиологии и прогноз эффективности противовирусной терапии» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Ilmiy rahbar: t.f.d. Ziyadullaev Sh.X.
  • Nizomov B.O`. «Оценка качества жизни больных с персистирующей респираторной вирусной инфекцией на этапах формирования хронического бронхита» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Ilmiy rahbar: T.f.n., dots. Ishankulova D.K.
  • Turkmanov M.M. “Значение иммунологических показателей у больных с остеоартрозом на фоне недифференцированной дисплазии соединительной ткани” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Ilmiy rahbar: PhD, dotsent, Z.B. Babamuradova.
  • 1 nafar xodim, Iskandarova F.Itayanch doktoranturada tahsil olmoqda va «Прогностическая значимость полиморфизма генов матриксных металлопротеиназ при ревматоидном артрите» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Ilmiy rahbar: PhD, dotsent, Z.B. Babamuradova.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 4 ta o'quv qo'llanma, 4 ta monografiya, 8 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 150 dan ortiq maqolalar chopetilgan.

Mualliflar

Chop etilgan qo`llanmaning nomi

1

Babamuradova Z.B.

Ichki kasalliklar fanidan amaliy ko`nikmalar

2

Babamuradova Z.B.

Kardiologiyadan amaliy mashg`ulotlar

3

Ishankulova D.K.

Ichki kasalliklar propedevtikasida bemorni umumiy ob`ektiv tekshirish usullari.

4

Ishankulova D.K.

Intraduction to propaedeutic of internal diseases and the basics of physical exzamination methods

Kafedra xodimlari tomonidan nashr etilgan monografiya va o`quv qo`llanmalar