×
Menu
Close Menu

1-son Davolash fakulteti

Ta’lim turi: Bakalavriat

Mutaxassisligi: 5510100-davolash ishi

Malaka: Yoʼnalishlar boʼyicha tibbiyot doktori (davolovchi vrach)

O'qish muddati: 6 yil

Ta'lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili, Ingliz tili

Fakultet kvalifikatsiyasi: 5510100 - Davolash ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • sog’liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
  • aholi orasida keng tarqalgan o’tkir va surunkali kasalliklar bo’yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • shoshilinch yordam ko’lami bo’yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish hamda amaliyotda qo’llash;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan kasalliklar hamda muommolar bo’yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo’lish va faoliyati davomida ular to’g’risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
  • aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo’yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo’naltirilgan holda amaliyotda qo’llash;
  • reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo’lgan darajada qo’llash chora-tadbirlarini o’z vaqtida amalga oshirish ;
  • aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
  • sog’liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan muommolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish;
  • tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
  • tashhislash va davolash;
  • reabilitatsiya;
  • tibbiy-ijtimoiy;
  • tashkiliy- boshkaruv;
  • ilmiy-tadqiqot.