×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

    So'nggi yillarda butun o'quv va ta'lim jarayoni yangilandi. Uning asosiy maqsadi - bu oliy ma'lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlash va jahon ta'lim tizimiga qo'shilishdir. Amaliy mashg'ulotlar, ma'ruzalar, talabalar bilimini nazorat qilish tavsiyalar asosida amalga oshiriladi, ularning asosiy qoidalari SamMU Markaziy uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

    Amaliy mashg'ulotlar va ma'ruzalar uchun mavzular Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur va SamMU o'quv ishlari bo'yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan kafedraning ishchi dasturi asosida ishlab chiqilgan.

    Klinik farmakologiya kafedrasida olib boriladigan o'quv ishlari quyidagi ta'lim shakllarini o'z ichiga oladi: amaliy mashg'ulotlar, multimediyali ma'ruzalar, talabalarning mustaqil ishlariga topshiriqlar va amaliy mashg'ulotlarda tahlil qilish uchun topshiriqlar, oraliq va yakuniy nazorat.

    Klinik farmakologiya bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda talabalarning mustaqil va o'quv-tadqiqot ishlariga katta e'tibor beriladi - bemorlar kurasiya qilinadi, terapiya samaradorligi va xavfsizligi baholanadi.

    Barcha fakultet talabalari uchun ma'ruzalar o'zbek va rus tillaridagi multimediya bilan olib boriladi. Talaba ma'ruza materiallari va ularning taqdimoti bilan mt.sammi.uz elektron ta'lim tizimida tanishishi mumkin, bu ma'ruza materialini o'zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

    Bundan tashqari MD talabalari uchun assistentlar tomonidan darslar va ma`ruzalar to`liq ingliz tilida olib boriladi.

    Kafedraning uslubiy ishlari pediatriyaning 6-kurs, davolash farmatsiya va tibbiy pedagogika fakultetlarining 5-kurs, xalq tabobati fakultetining 3-kurs va stomatologiya fakultetining 4-kurs talabalari uchun uslubiy ishlanmalar, o'quv qo'llanmalar va o'quv-uslubiy majmualarni nashr etish orqali taqdim etiladi.