×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

    Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida 1931 yilda tashkil etilgan boʼlib, bu kafedraning tashkil etilishida asosiy tashabbuskor gistologiya kafedrasi professori Semenov Grigoriy Mixaylovich hisoblanadi. U nafaqat oʼz mutaxassisligi boʼyicha oliy maʼlumotli shifokor, balki bundan tashqari gelmintologiya va tibbiyot tarixi bilan ham qiziqqan hamda Oʼzbekiston ilmiy tadqiqotlar instituti serologiya boʼlimida rahbarlik qilib koʼplab yangiliklarn yaratishga muvoffaq boʼlgan. SamMIda mikrobiologiya fanini oʼqitishni tashkil etish zarurati tugʼilganda, professor G.M.Semenov mikrobiologiya kafedrasini tashkil qildi va 1931-1932 oʼquv yili davomida u 2-kurs talabalari uchun maʼruzalar oʼqidi.

Professor G. M. Semenov.

    1930 yildagi Mikrobiologiya kafedrasining birinchi assistenti sifatida Sergey Ivanovich Grishin eʼtirof etiladi. U 1934 yilda dotsent vazifasini bajaruvchi boʼlib ishladi hamda 1935 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi. SamMI Mikrobiologiya kafedrasida Sergey Ivanovich Grishin 1938 yilgacha ishladi. 1938 yildan boshlab Oʼzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot institutining direktori etib tayinlandi va shu lavozimda faoliyat olib bordi.

dotsent S.I.Grishin.

    Kafedraning yana bir xodimi Yunus Аhmedjonovich Аxmedjanov 1931 yilda prorektor yordamchisi lavozimida ish boshladi va 1932 yildan eʼtiboran mikrobiologiya kafedrasining assistenti lavozimida faoliyat yuritdi. Bu lavozimda 1935 yilgacha ishlab, keyinchalik faoliyatini Oʼzbekiston epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqotlar institutida davom ettirdi. Аxmedjanov Yu.А. uzoq yillar davomida Toshkent tibbiyot instituti Mikrobiologiya kafedrasi dotsenti boʼlib ishladi va shu kafedrani boshqardi (1967). Аxmedjanov Yu.А. faoliyati davomida birinchi boʼlib tibbiyot institutlari talabalari uchun oʼzbek tiilida tibbiy mikrobiologiya darsligini yozgan va muallifi sanaladi.

Yu.А. Аhmedjonov

    Professor Petr Аleksandrovich Аlisov 1932 yilda tanlov asosida Mikrobiologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi va 1932 yildan 1935 yil oxirigacha kafedrani boshqardi. Keyinchalik yuqumli kasalliklar kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga oʼtdi hamda umrini soʼngiga qadar faoliyat yuritdi. 

P.А.Аlisov

    Professor P.А.Аlisov yuqumli kasalliklar kafedrasiga ishga oʼtkazilgandan soʼng, kafedra mudiri lavozimi bir qancha vaqt davomida dotsent vazifasini bajaruvchi S.I.Grishinga ishonib topshirildi. 1936 yilda esa kafedra mudirligini professor Sergey Sergevich Rechmenskiy qabul qilib oldi va 1937-1938 oʼquv yilining oxiriga qadar kafedrani boshqardi. Shu davr mobaynida u «Vasserman reaktsiyasining mohiyati» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yozdi va himoya qildi.

S.S. Rechmenskiy

    1939 yil may oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimiga  O'zbekiston epidemiologiya va mikrobiologiya  ilmiy tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi professor Fedor Iosifovich Shevchenko tayinlandi va u 1939 yil 1 avgustdan boshlab o'z vazifasini bajarishni boshladi. 1940 yil 12 dekabrda «Vaktsinalar va tif kasalligiga qarshi emlash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1941 yil 26 aprelda Oliy Attestatsiya Komissiyasi yig'ilishida unga tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi va mikrobiologiya kafedrasi professori unvoni berildi.

F.I.Shevchenko

    Professor F.I Shevchenko vafotidan keyin kafedrani 1970 yildan 1995 yilgacha prof. M.A. Axtamov boshqardi. Bu vaqtda kafedrada yangi yosh xodimlar K. A. Sidikova, K. E Egamberdiyev, Sharipov M. Sh., Axmedov A.A., Nasriddinov N. K., Shangirova Z. T., Azizovlar  va boshqalar faoliyat o'z faoliyatini boshlashdi. M.A. Axtamov 1990 yilda «O'zSSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi» unvoniga sazovor bo'ldi. Uning rahbarligida 2 ta doktorlik va 18 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

M.A.Axtamov

    Professor M.A.Axtamov nafaqaga chiqqanidan keyin 1995 yildan 2010 yilgacha kafedrani prof. A.X.Raximov boshqardi. U faoliyati davomida 120 dan ortiq ilmiy  ishlarning muallifi sanaladi, 1 ta tibbiyot fanlari nomzodini tayyorlagan.

professor A.X.Raximov

    Professor A. X. Raximov vafotidan so'ng 2010 yildan 2012 yilgacha mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kursini katta o'qituvchi Shayqulov Hamza Shodiyevich boshqardi. Bu davrda dotsent Sidiqova Karomat Azizovna, assistentlar Muratova Zberziat Taxirovna, Xudayarova Gavxar Nurmamatovna, Sirojiddinova Xiromon, Mamatova Zamira Baratovna va laborant Kodirova P.lar faoliyat olib borishdi.

H. Sh Shayqulov

    2012 yildan 2014 yilning so'ngiga qadar kurs mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi Sa'dinov Paxlavon Omonovich faoliyat olib bordi. Bu davrda kafedrada katta o'qituvchi Shayqulov Hamza Shodiyevich, assistentlar Muratova Zberziat Taxirovna, Xudayarova Gavxar Nurmamatovna, Yusupov Mashrab Ismatillayevich, Boboyeva. N. lar faoliyat yuritishdi.

Sa’dinov Paxlavon Omonovich

    2017 yildan ta'lim tizimidagi islohatlar davom etib mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kursi mustaqil kafedra maqomiga ega bo'ldi va 2017 yil oktyabr oyidan 2020 yilgacha kafedrani biologiya fanlari nomzodi Vaxidova Adolat Mamatkulovna boshqardi. Bu davrda esa kafedrada b.f.n., Boltayev Komil Sultonovich, Shayqulov Hamza Shodiyevich, Muratova Zberziat Taxirovna, Xudayarova Gavxar Nurmamatovna, Yusupov Mashrab Ismatillayevich, Odilova Gulnoza Maxsudovna, Mamarasulova Nafisa Isrofilovna, Oripova Pokiza Olimovna, Balayan Emma Vladimirovna, Xujaqulov Davron Abduxakimovich, Boboqandova Mehriniso Fazliddinovna, laborant Mamatova Ozoda Baxramovnalar  faoliyat yuritishdi.

A.M Vaxidova

    2020 yil sentyabr oyidan boshlab kafedara mudirligi lavozimida ish boshladi. U kafedrada 2014 yildan o'qituvchi lavozimida faoliyatini boshlagan.  Yusupov Mashrab Ismatillayevich 2019 yilda VM huzuridagi “El-yurt umidi” fondi tarafidan e'lon qilingan tanlovda ishtirok etdi va stepindiant bo'lib, Rossiya Federatsiyasining RMANPO institutida malaka oshirib qaytdi. 2020 yilda koronovirus infektsiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarda faol ishtirok etdi. U faqatgina o'z sohasi bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy sohada, “Yangi O'zbekiston-yangicha dunyoqarash” dasturida ham faol ishtirok etib, hokimlik tarafidan e'tirof etildi.  Talabalar mikrobiologiya fanidan tashkil etilgan turli halqaro konferentsiya va olimpiadalarda ishtirok etishdi hamda turli tibbiyot oliygohlarida o'tkazilgan halqaro olimpiadalarda faxrli o'rinlarni egallab kelishmoqda. 

Yusupov Mashrab Ismatillayevich