×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Tibbiy biologiya va genetika kafedrasi 1930 yil Samarqand Davlat Tibbiyot instituti qoshida tashkil qilingan.

  Kafedraning birinchi professori Peterburg universitetining bitiruvchisi, professor Nikolay Alekseevich Merkulovich bo`lgan edi. Tibbiy biologiya kafedrasining birinchi mudirlik vazifasini1930-yilning oxirida professorP.M. Faktorivich boshqargan. 1943 yildan 1945 yilgacha yanaP.M.Faktorivichmudirlik vazifasini bajardi. 1947 yildan 1974 yilgacha kafedra mudirligi lavozimida professorA.I. SHumeyka, 1974 yildan 1977 yilgacha dotsent M.M.Malikovlar ishladilar.

Sadikov V.M.

  1977 yilning yanvar oyidan 2012 yilgacha biologiya kafedrasi mudirligini biologiya fanlari doktori, professor Sadiqov Vadim Murtazayevichbajargan.

  SamDTI tibbiy biologiya kafedrasi mudiri lavozimida Sodiqov V.M. 1964 yilda“Epizootologiya I epidemiologiya echinokokkoza Samarkandskoy oblasti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1969-yili Moskva shaxrida “Larvalniye teniidozi cheloveka v jivotnix” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1970-yildan Samarqand davlat kooperativ instituti, mikrobiologiya va fiziologiya kafedra mudiri. 1977 yildanSamarqand Davlat Meditsina institutining tibbiy biologiya kafedrasi mudiri. Akademik K.I.Skryabin nomli maktab vakili – gelmintolog, mikrobiolog. 500 dan ortiq ilmiy ishlar mualifi, jumladan, 7 monografiya, 12 o’quv qo’llanma, 1 o’quv kinofilm, 3 ta patent.

  V.M. Sodiqov boshchiligida 20 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari bajarilgan. V.M. Sodiqov hamkorligida talaba va magistrlar tomonidan har yili 100 dan ortiq ilmiy ishlarini chop qiladilar. 1977 - 2015 yillar oralig’ida Tibbiy biologiya kafedrasida Adilova Norchuchuk Bakaevna, Jonibekov Toshnazar Jonibekovich, Baxranov Arslon Baxranovich, Malikov Mannon Malikovich, Yuldashev Sobir Yuldashevich, Juraev Voxid Juraevich, Tilavova Sayera Sharofiddinovnalar faoliyat ko’rsatganlar.

Voxidova A.M.

  2012 yildan СамДТИ Тиббий биология, генетика ва паразитология кафедраси мудири вазифасига Вохидова Адолат Маматкуловна тайинланган. 2013-2017 йиллгача Микробиология, вирусология, иммунология, тиббий биология ва генетика кафедраси мудири булган.

  Воҳидова Адолат Маматкуловна 2013 йилдан бошлаб в.б доцент вазифасидан бошлаб келмокда.

  2012 йил 9 июлда Самарқанд қишлоқ ҳужалик институти қошидаги Ихтисосолашган Кенгашида «Гельминтология» йўналиши, бўйича «Эхинококкоз легких, осложненный пециломикозом»мавзусида номзодлик диссертациясини ҳимоя қилган. Умумий иш стажи 35 йил, Самарқанд давлат тиббиёт институтида илмий – педагогик иш стажи – 27 йил. Воҳидова А.М. томонидан 200 дан ортик илмий ишлар чоп этилган, улардан 150 та илмий мақолалар, 4 та ЭХМ дастури яратган. Москва, Санкт-Петербург, Остона, Истанбул, Пенза, Варшава, Нью-Касл, Рязан бўлиб ўтган халқаро симпозиумлар ва конферентсияларда иштирок этди. 2017 йилда кафедра таркибидаги “Тиббий биология ва генетика” ва “Микробиология, вирусология ва иммунология кафедраси ажралиб чиқиб, кафедра номи “Тиббий биология ва генетика” кафедрасига айланди.

Maxmudova X.I.

  2017 yildan 2019 yilgacha Tibbiy biologiya va genetikakafedrasimudirliginibiologiyafanlarinomzodiMaxmudova Xurshida Irgashevna bajardi.

  1998-2001 yillari Samarqand davlat tibbiyot instituti Normal fiziologiya kafedrasida assistant bo’lib ishlagan. 2001-2006 yillar Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi litsey internatda biologiya fani o’qituvchisi, 2006-2017 yillar SamTI qoshidagi 2-son akademik litseyda biologiya fani o’qituvchisi, 2009-2017 yillar Biologiya kafedrasi mudiri, 2007-2012 yillar SamTI Bioanorganik, bioorganic, biofizik-kolloid va bioximiya kafedrasi ilmiy tadqiqotchisi, 2012-2015 yillar Mikrobiologiya, Virusologiya, Immunologiya, Tibbiy biologiya va genetika kafedrasida o’rindosh assistant lavozimida, 2009-2017 yillar SamTI qoshidagi 2-son akademik litsey Biologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2012-yil O’ZRFA Biofizika va fiziologiya institute “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi bo’yicha “Turli genotipdagi echkilar suti va qonining ayrim fiziologik-biokimyoviy ko’rsatkichlarini qiyosiy o’rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2014 yil 2- yanvardan Normal va patologikfiziologiya kafedrasida mustaqil izlanuvchilikga qabul qilinib “Zaanen echkilarining mahalliy sharoitga moslashish davrida ozuqa ratsionini optimallashtirish orqali sut mahsuldorligini oshirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ishlar olib borayapti.Hozirda2019-yil aprel oyidan Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

  X.I.Maxmudova tomonidan 70 ta ilmiy ishlar chop etilgan, shulardan 50 ga yaqin maqola va tezislar, 20 ta o’quv-uslubiy, 2 ta o’quv qo’llanma va 1 ta monografiya.

Muxitdinnov Sh.M.

  2019 yildan 2020 yilgacha Tibbiy biologiya va genetikakafedrasimudirligini dotsent, Muxitdinov ShavkatMuxamedjanovich boshqardilar.

  Muxitdinov Shavkat Muxamedjanovich 1948 yil Buxoro viloyati Shafrikon tumanida tug’ilgan. Institutini tugatgandan keyin Sovet armiyasida xizmat qilib keldi. 1973-1976 yillar aspiranturada o’qigan. 1977-yil iyun oyida O’z SSFAdazoologiya va parazitologiya institutida “Problema parazitosenoza pri larvalnix teniidozax karakulskix oves i ego vliyaniye na nekotoriye bioximicheskiye pokazateli xozyaina”– parazitologiya mutaxassisligibo’yicha biologiya fanlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1977 yildan to hozirgi kungacha Samarqand Davlat Tibbiyot institutida ishlab kelyapti. Dastlab assistent, keyin kafedrani katta o’qituvchisi va 2002 yildan kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunga qadar 100 dan ortiqilmiy maqolalar,2 ta patent chop etilgan.

Aliyev D.D.

  2020 yildan 2022yilga qadar “Tibbiybiologiya va genetika kafedrasi”ga mudirlik vazifasini Aliyev Dilmurod Davronovich boshqargan. Aliev D. D. biologiya fanlari nozodi bo’lib,2011 yilda Fanlar Akademiyasi qoshidagi “Fiziologiya va biofizika” institutida «Изменчивостъ нуклеинових кислот и уровня калия в крови каракулъских овец в связи с их физиологическими функциями» mavzusida nomzodlik dissertatsiyani yakunlab himoya qilgan. Hozirgi kunda «Surxondaryo sur qorako`l qo`ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari» mavzusida (DSc) doktorlik ishi yakunlab 2022 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2tao`quv qo`llanma va 1ta tavsiyanoma hamda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilingan.

Abdumuminova R.N.

  2022 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani Abdumuminova Ra’no Narbuvayevna boshqarib kelmoqda. Abdumuminova R.N. PhD himoyasini 2020 yilda muvaffaqiyatli himoya qilgan bo’lib, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar hamda 3 ta monografiya, 1 ta o’quv qo’llanma muallifidir. Bugungi kunda kafedramizda jami-8 ta professor-o`qituvchilar va 1 ta laborant va 1 ta kabinet mudiri lavozimidagi ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.