Iqtidorli studentlar bilan ishlashda faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha dastur yaratish, kafedralar professor-o‘qituvchilari tomonidaniqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni taqdirlash, Respublikamiz va xorijdagi o‘quv muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustaxkmlashdan iborat.
Fakultetning iqtidorli studentlari MDX davlatlari, Respublikamiz va institutda o‘tkazaladigan turli xil tadbirlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Shunday qilib, studentlar o‘zlarining nazariy bilimlarini tizimlashtirish va umumlashtirish,shaxsga yo‘naltirish sharoitida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash,amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun xar xil tadbirlar: munozaralar, taqdimotlar, ommaviy suxbatlar o‘tkazishdan foydalanadilar. Barcha kafedralarda studentlar uchun ilimiy to‘garaklar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning mavzulari turli xil bo‘lib, studentlar o‘zlari uchun qiziqarli va kerakli ilmiy yo‘nalishni tanlash imkoniyatiga ega. Studentlar turli xil va qiziqarli ilmiy-nazariy va amaliy maxorat darslarida (master klass) qatnashadilar.