×
Menu
Close Menu

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Fakultetning asosiy faoliyatlaridan biri talabalarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakillantirish, ularni universitetning ommaviy – madaniy tadbirlarga jalb etishdir.

  Fakultet talabalari boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida, mas’ullar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi. Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.

  Fakultet talabalari Respublikamizda oʼtkazilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet talabalari universitetimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan futbol, tennis, shaxmat, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sport to’garaklariga qatnashib kelishmoqda. Ular hududiy va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida xam faxrli o’rinlarni olib kelmoqda.

  Fakultetimiz talabalari 2021-2022 o’quv yilida “Rektor kubogi” bo’yicha o’tkazilgan “Quvnoqlar va Zukkolar” musobaqasida “Rektor kubogi” sohibi bo’ldilar.

  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 martda  o`tkazilgan «Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san`at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o`qishga bo`lgan qiziqishini oshirish bo`yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to`g`risida» gi videoselektor majlisining 12 – sonli bayoni ijrosi bo`yicha 2022 yil 2 iyun kuni tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti talabalari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida  hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2022 yil 11 apreldagi 14 - q/q – sonli, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 11 apreldagi 01-07/14 – sonli qo`shma qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida  «Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari» tanlovining  3-mintaqaviy bosqichida Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetining   «Ibn Sino Izdoshlari»  jamoasi «Renesans» tarixiy dramasi namoyishi bilan Xorazm viloyati Urganch shahrida bo`lib o`tgan  mintaqaviy bosqichida ishtirok etib, faxrli o`rinni egalladi.

Tanlovni yakuni boʻyicha SamDTU teatr-studiyasi “Milliy anʼana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun!” nominatsiyasi gʻolibi sifatida eʼtirof etildi va diplom bilan taqdirlandi.

  Yangi O‘zbekistonni erkin fikrlaydigan, yuksak intellektual salohiyatga ega yoshlar bunyod etadi. Bugun ularning dunyo standartlari talabi darajasida ta’lim-tarbiya olishi esa davlatimiz tomonidan amalga oshiralayotgan izchil islohotlarning asosini tashkil etadi. E’tirof etish joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, mavjud universitet va institutlarni jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari ta’limi darajasiga yaqinlashtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshiralmoqda. Yangi-yangi davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari tashkil etilayapti. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi tubdan mustahkamlanib, zamonaviy o‘quv binolari qurib foydalanishga topshirilmoqda.

  Mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi, talaba yoshlari uchun yangi o‘quv yilida zamonaviy axborot- resur markazining ochilishi tom ma’noda munosib tuhfa bo‘ldi.

Samarqand davlat tibbiyot universitetida bir necha yillardan buyon  milliy qadriyatlarimizni aks enniruvchi  “Xon-atlas” bayrami an’ana bo’lib kelmoqda. Dunyo tan olgan bu atlas kamalakdek jilosi, ipakdek tovlanishi bilah o’ziga maftun etadi.