×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti  Sh.Mirziyoev o‘z dasturlarida ta’kidlaganlaridek «Eng muxim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat» Obod va farovon jamiyatni yuksak ma’navit va uzluksiz ma’naviy tarbiya orqali kurishimiz mumkin – degan edilar. 

    Xar o`quv yili boshida bu vazifalarni bajarish maqsadida manaviy-marifi, axloqiy tarbiyaviy soxalarda  ishlarni amalga oshirish rejasi muxokama qilinib tasdiqlandi.

    O`quv yili davomida reja asosida kurs professor-o`ituvchilari manaviy-marifi, axloqiy tarbiyaviy soxalarda kuplab ishlarni amalga oshirdilar.

    Milliy bayramlar, tarixiy shaxslar va buyuuk ajdodlarimizning tavallud kunlari fakultet miqyosida doimiy nishonlanib kelindi. Jumladan; «Mustaqillik bayrami», «Ustoz va murabbiylar kuni», «Til bayrami», «Qurbon xayiti», «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni», «Vatan ximoyachilar kuni», «Xalqaro xotin-qizlar kuni», «Navruz bayrami», «Xotira va qadirlash kuni», bayramlari, buyuk siymolar A. Navoiy (9.02), Z.M. Bobur (14.02), M. Ulugbek (22.03),  A.Temur (9.04), tavallud kunlari keng nishonlandi.

    Xaftaning payshanba kunlari utkaziladigan «Axborot soatlari»da  shaxsning ma’naviy komolotini rivojlantirish maйsadida yuksak ma’naviyat mezonlari, talabalar ma’naviy kamoloti, diniy bagri kenglik mavzularida suxbatlar yil davomida doimiy o`tkazib borildi.

    Bulardan tashqari Respublika va jaxon miqyosida utkaziladigan kunlar; 3- noyabr «Xalkaro nogironlar kuni», 1- dekabr «Butun jaxon OITS ga qarshi kurash kuni», 18- may «Xalkaro muzeylar kuni», 31- may «Atrof muxitni ximoya qilish kuni», 1-iyun «Bolalarni ximoya qilish kuni», 26-iyun «Narkamaniyaga  qarshi kurash kuni»ga bagishlangan davra suxbatlari barcha guruxlarda utkazildi.

    Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanib SamDTU “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi xodimlari 9-may xotira va qadrlash ko‘ni arafasida universitetda uzoq yillar faoliyat olib borib talabalarga dars bergan, hozirda keksalik gashtini surayotgan fizika-matematika fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi (sobiq) Zebo Ibragimovna Niyazova xolidan xabar olindi.

    Kafedra xodimlari viloyat xokimligi va universitet raxbariyati buyruq va kursatmalari asosida Ishtixon, Qushrabot va Kattaqurg`on tumanlari maxalla va maktablarida bulib kursatmalar asosida yuriqnomalar berib kelishmoqda.

    Kafedrada 54 yil faoliyat ko‘rsatib, rahbarlik qilgan, dotsent Sodiqov Naim Ochilovich ko‘p yillik faoliyati uchun Prezident farmoniga binoan birichi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.