×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti oldiga qo‘yilgan xalqaro vazifalar institutni rivojlantirish konsepsiyasiga asoslanib, uning xalqaro ta’lim sohasidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan. Internatsionallashtirishning asosiy afzalliklari xorijdan talabalar sonining ko‘payishi, xorijiy oily ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqilishi, xorijiy ta’lim muassasalarida dars beruvchi tadqiqotchi va o‘qituvchilar sonining ko‘payishi, talabalar sonining ko‘payishi hisoblanadi.

  2 ta diplom beruvchi xorijiy oily ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan teng huquqlilik tamoyili asosida ta’lim va fan sohasida xalqaro hamkorlik ishtirokchilari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerikava MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarini rivojlantirish qo‘shma dasturlar va ta’lim mobilligi asosida amalga oshiriladi.

  Hamkorlik muloqotlarini yo‘lga qo‘yish, o‘qish, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish maqsadida SamMUga xorijdan tashrif buyuradigan yuqori malakali mutaxassislar, o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. SamMU butun dunyo boʻylab taʼlim va ilmiy markazlar, universitetlar, jamoat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatishga tayyor va universitet eshiklari xorijdan kelgan barcha abituriyentlar, talabalar, tadqiqotchilar va oʻqituvchilar uchun ochiq.

  Hamkorlik geografiyasi: kafedra oily o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar bilan aloqada va hamkorlikqiladi:

• Toshkent pediatriya tibbiyot instituti