×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yo’nalishda xalqaro hamkorlikning qatnashchilari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxassis, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jug’rofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 5 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  1. S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq davlat tibbiyot universiteti
  2. V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti
  3. Bukovina davlat tibbiyot universiteti
  4. Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI)
  5. Ryazan davlat tibbiyot universiteti
  6. N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti

  Moskva viloyati ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI) bazasida 2021 yil iyun-iyul oylarida akademik mobillik doirasida 3-son ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Shodikulova Gulandom Zikriyaevna soatlik yuklamani bajardi.

  2021 yil oktyabr oyida Rossiya Sog'liqni saqlash vazirligining RyazanDTU professor V.Ya.Garmash nomidagi fakultet terapiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Panfilov Yuriy Andreyevich akademik mobillik dasturi doirasida "Ichki kasalliklar" fanidan tibbiyot fakultetining 4-kurs talabalariga ma'ruzalar o'qidi va amaliy mashg'ulotlar o'tkazdi.

  2022 yil may oyida Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari: 3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi mudiri Shodikulova Gulandom Zikriyayevna, kafedra assistentlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti va S. D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog'iston Respublikasi) o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha belgilangan aloqalarga muvofiq S. D. Asfendiyarov nomidagi Qozoq davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi.

  2022 yil 9 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti va V.I. Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. "Revmatoid artrit muammosiga zamonaviy nuqtai nazar"mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Bosh ma'ruzachi: t.f.d., professor Nikitina Natalya Mixaylovna. Mavzu: "Revmatoid artrit asoratlariga e'tibor". Bosh ma'ruzachi: t.f.d., professor Shodikulova Gulandom Zikriyaevna. Mavzu: "Revmatoid artriti bor ayollarda ikkilamchi osteoartrit muammosiga qarash".