Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti 2020 yilda tashkil etilgan.Xalqaro ta’lim fakulteti faoliyati davomida dekan lavozimini,Tibbiyot fanlari nomzodi M.A. Aliyev, assistent F. M.Raufov, hozirgi kunda ushbu lavozimda Tibbiyot fanlari doktori S.E. Mamarajabov faoliyat yuritmoqda.
Bugungi kunda fakultetda 2223 nafar talaba tahsil olmoqda. O'quv jarayonini tashkil etishda o'quv va mehnat intizomiga qat'iy rioya etish, ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'qitish amaliyotiga keng joriy etish, fakultet kafedralarida o'qitish sifati va samaradorligini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilgan.
Talabalar orasida bilimli va intiluvchan yoshlarni qoʼllab quvvatlash maqsadida universitet tomonidan joriy etilgan universitet Rektori stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalariga xar yili tanlovlar oʼtkaziladi
Samarqand Davlat tibbiyot universitetining Xalqaro fakulteti (SSMU) Universitet ichidagi To’qqiz fakultetdan biri va chet tilida faoliyat yurituvchi yagona fakultetdir. O'zbekistonni Janubiy va Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa bilan bog'laydigan Xalqaro fakultet talabalarga mintaqadagi eng yuqori darajadagi oliy ta’lim muassasida o’qish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Biz o'z ta'lim tizimimiz orqali bilimlarni, chuqur tadqiqotlar va akademik mahoratni butun mintaqaga yoyishga intilamiz. Asosiy kampusi Samarqand shahrida joylashgan Xalqaro fakultet 26 ta akademik bo'limlar - fundamental fanlar va kasalxonalardagi klinik bo'limlar bilan shartnomalari mavjud. Bundan tashqari, biz talabalarimizni til kurslari bilan ham ta’minlaymiz.
Xozirgi kunda fakultetda faoliyat yuritib kelayotgan dekan oʼrinbosarlari: A.I. Jurayev, R.Q.Abdullayeva, N.I.Karimova, M.X.Mirzayevalar talabalarning kundalik xayoti, dasr jarayonlari va universitet xayotidagi faolligini doimiy nazorat qilib kerakli maslahatlar berib qelmoqdalar. Dekanatlar ishini ratsionalizatsiya qilish, har bir kurs bo'yicha dekan o'rinbosarlari lavozimlarini joriy etish, kursni хаr bir dekan o'rinbosarlari 1-dan 6-kursga biriktirib, fakultetda talabalarning har bir semestr uchun umumiy soni 99,5 – 99,8% dan kam bo'lmasligi, fanlar bo'yicha yuqori sifatli o'zlashtirish ko'rsatkichi 80 – 90% ni tashkil etishi va takomillashtirish davom etmoqda.
Fаkultetdа dekаnlik lаvozimidа ishlаgаnlаr:
Tibbiyot fanlari nomzodi: M.A. Aliyev
Assistent F. M.Raufov