×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetining fiziologiya kafedrasi 1933- yilda tashkil etilgan. Birinchi kafedra mudiri Novocherkassk veterinariya instituti xodimi, dotsent V. V. Popov bulgan. Novocherkassk veterinariya institutini tamomlagan. 1942-yilgacha kafedraga rahbarlik qilgan. “Ovqat hazm qilish tizimi” yunalishi buyicha ilmiy ishlar olib borgan.

 Lebedinskiy А.V. - Biologiya fanlari doktori, professor. 1942-1943 yillarda normal fiziologiya kafedrasi mudiri bulgan. Lebedinskiy А.V. 1902-yilda Leningradda fizik oilasida tugʼilgan. 1924- yilda Oliy tibbiyot akademiyasini tugatgan. 1924-1928 yillarda Kizil Аrmiyada xizmat qilgan. L.А.Orbeli laboratoriyasida ilmiy ishlar bilan shugullangan. 1928 yilda Samarqand meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi oʼqituvchisi etib tayinlangan, bu davrda tibbiyot oliy oʼquv yurtlari uchun “Normal odam fiziologiyasi” kitobini nashr etgan, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

  Muzikantov V. А. 1940-1942 yillar Samarkand meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri bulib ishlagan. Muzikantov V. А. 1895da harbiy shifokor oilasida tugʼilgan. Moskva Davlat Universitetining fizika-matematika fakultetini tugatgan, 1934 yilda dotsent unvonini olgan. Ovqat hazm qilish fiziologiyasi sohasida ishlagan.

  Klimov N. M. - 1944-1947 yillarda Normal fiziologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Klimov N. M. 1905yilda Tambov viloyatida tugʼilgan. 1930- yilda Tambov veterinariya institutini tamomlagan va 1939 yilda Moskva shahrining eksperimental veterinariya institutida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. 1944 yilda Samarqand tibbiyot institutiga yuborilgan, 18 dan ortiq ilmiy maqola muallifi.

  Pislegin А. K. 1947-1952 yillar normal fiziologiya kafedrasi mudiri bo`lib faoliyat yuritgan. Pislegin А. K. 1898- yilda Vyatsk viloyatida tugʼilgan. 1925 - yilda Oʼrta Osiyo tibbiyot institutini tugatgan, 1937- yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1940- yilda fiziologiya kafedrasi dotsenti unvoniga sazovor boʼlgan, 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

 Belyavskaya, Ye. А. - 1954-1962 yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri. Belyavskaya Ye. А. 1908-yilda Saratov shahrida tugʼilgan. 1925- yilda Kuban tibbiyot institutini tamomlagan. 1952 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 27 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik ishi himoya qilingan: dotsent M. K. Raximova va assistent А. А. Аbduraxmonova.

  Raximova M. K. - 1962-1972 yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri.. Raximova M. K. 1916-yilda tugʼilgan. 1939 yilda Samarqand meditsina institutini tugatgan, 1940-1954 yillarda normal fiziologiya kafedrasi assistenti, 1959-yilda "Lagoxilus preparatining desensibilizatsiyalovchi xususiyatlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning rahbarligida 40 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan va ikkita nomzodlikk dissertatsiyalari ximoya kilingan: dotsentlar Mamatxanov M. M. va H. N. Lapasov.

  Xakberdiev M.M. - 1972-1974 yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri. Xakberdiev Mardon Muxammedovich 1932-yilda Samarqand shahrida tugʼilgan. 1954-yilda Samarqand meditsina institutini tugatgan, 1954-1957 yillarda 2-Moskva meditsina instituti aspiranti, 1958- yilda nomzodlik ishini, 1970- yilda doktorlik ishini himoya qilgan. Oʼzbekistonda allergenlar va allergik kasalliklarni oʼrganish ustida ishlar olib borgan. M.M.Xakberdiev rahbarligida dotsentlar K.А.Ganushkin va F.K.Tuxtaevlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.

  Irgashev H. H. - 1974-1990 yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri.

  Irgashev Halim Xamidovich 1935- yilda Samarqand shahrida tugʼilgan. 1958 -yilda Samarqand meditsina institutini tugatgan. 1963- yilda professor Belyavskaya Ye. А rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini, 1982 yilda doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan. H. H. Irgashevning 65 dan ortiq nashrlari, 30 ta ilmiy-ommabop maqolalari amalietga tadbiq etilgan ,10 ta ratsionalizatorlik takliflar muallifi. Uning rahbarligida kafedra tomonidan koʼplab oʼquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga xodimlarning faol ixtirochilik faoliyati namoyon boʼldi. Bu davrda kafedrada ajoyib oʼqituvchilar va eksperimentatorlar - dotsentlar : Mamathanov M. S., Ivanushkina, K. А., Tuhtaev F.K., Аbdurahmanova R.R., X. Z. Ziyadullaev, Jabbarov R.D., assistentlar - Yakubova L. S., Nasrullaeva X. А., Said-Uelina R.S., Berdiev U.R., Dexkanov Sh.K. lar oʼz faoliyatini olib borishgan.

Jabborov Raximberdi Jabbarovich

  Jabborov Raximberdi Jabbarovich - 1990-2008 yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri. Raximberdi Jabbarovich Jabborov 1945- yilda Samarqand viloyatida tugʼilgan. 1970 yilda Samarqand meditsina institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1970- yildan Samarkand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 1975 yilda "Izuchenie vliyaniya izolirovannogo oblucheniya krovi i obshego rentgenovskogo vozdeystviya na vozbudimost vestibulyarnogo apparata eksperimentalnex jivotnex " mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1987-1990-yillar Moskva Immunologiya institutida doktorant boʼlgan. 1990 yilda "Immunne reaktsii pri pestitsidnoy intoksikatsii i profilakticheskiy effekt detoksitsiruyushix napitkov" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1995-dan Nyu-York Аkademiyasida akademik boʼlgan. Jabborov Raximberdi Jabborovich rahbarligida 2 ta nomzodlik ishi himoya qilingan, 100 dan ortiq ilmiy-maʼrifiy ishlar muallifi.

Tuxtaev Fozil Qurbonovich

  Tuxtaev Fozil Qurbonovich- 2008-2012yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi mudiri. Tuxtaev Fozil Qurbonovich 1939- yilda Samarqand viloyatida tugʼilgan. 1965- yilda Samarqand Davlat Universitetining biologiya fakultetini odam va hayvonlar fiziologiyasi yo`nalishi bo`yicha tamomlagan. 1965-1990 yillar Samarqand davlat meditsina instituti normal fiziologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan, 1974- yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990-2005 yillar kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 2009-2012-Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. 2012- yildan boshlab normal va patologik fiziologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlashni davom ettirdi. Toʼxtaev Fozil Kurbanovich 150 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Samieva Gulnoza Utkurovna

  2017 yildan buyon Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tibbiyot fanlari doktori Samieva Gulnoza Utkurovna tayinlandi. Samieva Gulnoza Utkurovna 1983 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan.1999 yili SamDTI o‘qishga kirgan, uni 2006 yili alo baholar bilan tugatadi va Otorinolaringologiya kafedrasida magistraturaga o‘qishga kirdi. 2017 yili prof. X.E. Karabaev rahbarligida «Sovreshenstvovanie kompleksnoy diagnostiki, lecheniya i profilaktiki stenoziruyushix laringotarxeitov u detey» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2017 yildan boshlab Normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudirligiga tayinlandi. G.U. Samieva kafedrada pedagogik jarayonni zamon talabiga ko‘tarishda katta ishlar qilayapti. Kafedrada G.U. Samieva tashabbusi bilan TIJ faoliyati jadallashdi. Oxirgi o‘quv yillarida talabalar doimiy ravishda fiziologiya va patologik fiziologiya fanlaridan faxrli o‘rinlarni egallashmoqda. dots. G.U. Samieva tashabbusi bilan fiziologiya va patologik fiziologiya fanini o‘qitishda tibbiyotga kirish amaliy ko‘nikmalari bevosita SamMI 1-klinikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib borilmoqda. Oxirgi 3 yilda kafedra xodimlari tomonidan maqolalar, tezislar tayyorlanishi va chop etilishi, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilinishi sezilarli darajada oshdi. 3 ta xodim mustaqil tadqiqotchi sifatida t.f.d., dots. Samieva G.U. rahbarligi ostida ilmiy izlanishlarni boshlashdi. 2019 o‘quv yilida Oliy Ta’lim Vazirligiga yuborilgan talabnoma asosida Fiziologiya va patologik fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga qabul boshlandi.

  2020 yil Normal va patologik fiziologiya kafedrasi “Fiziologiya” va “Patologik fiziologiya” kafedralariga ajraldi. Dots. Samieva G.U. Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri bo‘lib faoliyat yuritmoqda.

Karabaev Аminjon Gadaevich

  2020 yildan boshlab fiziologiya kafedrasi mudiri etib, DSc, dotsent Karabaev Аminjon Gadaevich tayinlandi. Karabaev Аminjon Gadaevich 1962- yilda Samarqand viloyatida tugʼilgan. 1990-yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutini reanimatsiya va anesteziologiya mutaxassisligi boʼyicha tamomlagan. 1990-yilda Samarqand davlat meditsina institututi patofiziologiya kafedrasining assistenti, 1999-yilda “O`lish va reanimatsiya jarayonida gipotalamo-gipofizar-neyrosekretor tizimda morfologik va funktsional oʼzgarishlar” boʼyicha oʼz nomzodlik dissertatsiyasini, himoya qilgan, 2000 yil dotsentlik lavozimida ishlagan. 2001 yildan 2003 yilgacha Samarqand davlat meditsina instituti Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga rahbarlik qilib, shoshilinch tibbiy yordam markazida anesteziolog va reanimatolog boʼlib ishlagan. 2003-2005 yillar patologik fiziologiya kafedrasida dotsent, 2005-2012 yillar fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlagan. 2012-2018 yillarda normal va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri, 2018-2020 yillarda kafedra dotsenti. 2020 yil 26 avgustdan boshlab fiziologiya kafedrasi mudiri bo`lib ishlab kelmoqda. 2022-yilda postreanimasion davra gipotalamo-gipofizar tizimdadi o’zgarishlr boʼyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning 130 dan ortiq nashr qilingan asarlari, tibbiyot amaliyotida 12 ta tadbiqlari, 8 ta o`quv qoʼllanmalari va 4 monografiyalari mavjud.