Fayziboyev Pirmamat Normamatovich (1966)
Fayziboyev Pirmamat Normamatovich Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti“Gigiena” kafedrasi mudiri. 1995 yili 2-Toshkend Davlat Tibbiyot Institutini Tibbiy-profilaktika fakultetini tugatgan. 1995-1998 yillarda Tibbiyot Instituti ovqatlanish gigiyena kafedrasida assistent, 1998-2006 yillarda umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash kafedrasi assistenti lavozimlarida ishlagan. 2006 yildan epidemiologiya kafedrasi assistenti, 2011-2020 yillar katta oʼqituvchisi lavozimida ishlagan. 2.09.2020 yildan Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetida dekan muovini, “Umumiy gigiena va tibbiy ekologiya kafedrasi”da dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
6.09.2022 yildan “Gigiena” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
2012-yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Hozirda “Oʼzbekiston sharoitida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni NАSSR halqaro tizimini qoʼllash yoʼli bilan gigienik asoslash” mavzusida Doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilish arafasida.
P.N.Fayziboev 2-ta oʼquv qoʼllanma, 2-ta monografiya, 2-ta oʼquv uslubiy qoʼllanma. 3-ta oʼquv uslubiy tavsiyanoma, 5-ta SanQvaM, 4-ta Texnikaviy shartlar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.
Bulyayev Zokir Karimovich gigiyena kafedrasi assistenti,o’quv ishlari bo’yicha ma’sul.1983-1989 yillarda Samarqanddavlat tibbiyot insititutida Davolash ishi fakultetini yYuqumli kassaliklar mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.1989-1990 yillarda Samarqand shahar 2 sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasida internatura o’tagan,1990-1993 yillarda shu shifoxonada vrach ordinatur.1993-1994 yillarda SAMMI da epedimiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrasida kafedra assistenti bo’lib ishlagan.1994-1999 yillarda Viloyat hokimligi Sog’liqni Saqlash Boshqarmasida bosh infeksionist,boshqarma boshlig’iningdavolash ishlari bo’yicha 1 –o’rinbosari,1999-2008 yillarda A.Jalolov nomidagi viloyat suyak-sil kassaliklari shifoxonasida bosh vrach lavoimida ishlagan.2008-2013 yillarda viloyat davlat sanitariyaepidimiologiya markazida bosh vrach o’rinbosari,epidemiologiya va o’ta xavfli yuqumli kassaliklar bo’limi mudiri vazifasida va 2013-2018 yillardaSamarqand shahar DSENM da bosh vrach lavozimida ishlagan.2018 yil sentyabr oyidan SAMDTUUmumiy gigiyena va ekologiya kafedrasida ,2022 yilningsentyabr oyida gigiyena Kafedrasida assistant va o’quv ishlari bo’yicha ma’sul vazifalarida ishlab kelmoqda.
2001-2005 yillarda Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi deputatligiga saylangan.Avg’oniston urushi qatnashchisi,bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.2021 yildanTuron fanlar akademiyasining faxriy a’zosi hisoblanadi.2ta monografiya 10 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida maqolalari chop etilgan.
Kurbanova Xurliman Amangeldiyevna – Gigiyena kafedrasi assistenti. 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasini bakalavriaturani, 2010 yil Bolalar va о‘smirlar gigiyenasi yо‘nalishi bо‘yicha magistraturani tugatgan. 2010-2011 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, о‘smirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2015 yildan Samarqand davlat tibbiyot institutida Ijtimoiysalomatlik va umumiy gigiyena kafedrasi assistenti, 2020 yil “Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi” assistenti lavozimlarida ishlagan.
2022 yildan hozirgi kunga qadar “Gigiyena” kafedrasiassitenti lavozimida ishlab kelmoqda.
Kurbanova X.A 3ta о‘quv qо‘llanma, 6 о‘quv uslubiy qо‘llanmalar, 15 tadan ortiq maqolalar muallifi. Kafedrada ilmiy ishlar bо‘yicha ma’sul.
Kurbanova X.A Falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun "Vliyaniye jelezodefitsitnix anemiy na formirovaniye osnovnix pokazateley zdorovya detey v sovremennix usloviyax" nomli dissertatsiya ishini boshlagan.
Maxmanazarov G’afur Axnazarovich– “Gigiyena” kafedrasi assistenti. 2018-yilToshkent Tibbiyot Akademiyasini bakalavriaturani, 2021-yil Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Gigiyena (umumiy epidemiologiya) yо‘nalishi bо‘yicha magistraturani tugatgan. 2014-2018-yillar Toshkent shahrida“CRYSTALL MED SERVISE” klinikasida med-brat(tibbiy og’a) lavozimida, 2018-yil Qashqadaryo vilotyati Chiroqchi tumani DSENMida vrach epidemiolog, Epidemiologiya bo’limi boshlig’i (bosh epidemiolog), 2018-yil SEETBIOZRBO’SM vrachi lavozimlarida ishlagan. 2018-2021-yilgacha Samarqand Davlat Tibbiyot Institutida “Ijtimoiysalomatlik va umumiy gigiyena kafedrasi” stajyor assistent, 2020-yil “Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi” stajyor assistenti va 2022-yildan hozirgi kunga qadar “Gigiyena” kafedrasi assitenti lavozimida ishlab kelmoqda.
M.G’.Maxmanazarov 4 ta о‘quv uslubiy qо‘llanmalar, 15 tadan ortiq maqolalar va tesizlar muallifi. Kafedrada talabalar bo’yicha ma’sul. Tibbiyot fanlari bo’yicha Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun "Murda bilan ishlovchi tibbiyot hodimlarining mehnat sharoitini gigiyenik baholash va sog'lomlashtirish" nomli dissertatsiya ishini olib bormoqda.
Mo’sayeva Oltinoy To’ychiboy qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiena” kafedrasi stajyor assistenti. 2015-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Fargʼona filialining “Tibbiy profilaktika ishi” yoʼnalishi qizil diplom bilan bitirgan. 2017- yilda Toshkent Tibiyot Akademiyasining “Sogʼliqi saqlashni boshqarish va jamoat salomatligini saqlash” yoʼnalishi boʼyicha Magistratura bosqichini bitirgan. 2018- 2022 yillarda Surxandaryo viloyati DSENMda vrach bakteriolog va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz fillialida assistent lavozimida ishlagan. 10.03.2022 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining “Umumiy gigiena va ekalogiya” kafedrasida assistent va 12.09.2022 yildan buyon Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiena” kafedrasi assitenti lavozimida ishlab kelmokda.
O. T. Moʼsaeva xozirda “Sovershenstvovanie geriatricheskoy gender orientirovannoy meditsinskoy pomoщi, v ambulatornыx usloviyax” Nomzodlik (RND) dissertatsiyasi mavzusi boʼyicha ilmiy ishlar olib bormoqda.
O. T. Moʼsaeva,Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 10 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Soatov Mirmuhsin Maxmatmurot o’g’li Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi assistenti. 2016-2021 yillarda Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Tibbiy profilaktika ishi fakultetini tugatgan. 2021-yildan hozirgi kunga qadar Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti “Gigiyena” (yo’nalishlari bo’yicha) magistratura rezidenti. Hozirda Samarqand Davlat Tiobbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasida stajyor assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda.
M.M.Soatov hozirda “Maktab jihozlarini o’qituvchilar salomatlik holatiga ta’sirini gigiyenik asoslash” mavzusida Magistrlik dissertatsiyasini olib bormoqda.
M.M.Soatov Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 5 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Nomozboyeva Maftuna Abduhamid qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi assistenti. 2021-yil Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishini tamomlagan. 2020-yil Jizzax viloyat Zafarobod tuman DSENM da inspektor lavozimida, 2020-2021 yillar Samarqand viloyat Payariq tuman SEO va JS bo’limida sanitariya vrachi, 2021-2022 yillarda Samarqand viloyat SEO va JSB da sanitariya vrachi lavozimida ishlagan.
2021-yil Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining “Gigiyena” (yo’nalishlari bo’yicha) magistratura bosqichiga qabul qilingan. Hozirda Samarqand Davlat Tiobbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasida stajyor assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda.
M.A.Nomozboyeva hozirda “Gimenolepidozning epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktik chora tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida Magistrlik dissertatsiyasini olib bormoqda.
M.A.Nomozboyeva Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 5 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.
Elmurodova Lenara Xudayberdi qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasi assistenti. 2021-yil Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Tibbiy profilaktika ishi” yo’nalishini tamomlagan. 2021-2022 yillarda Samarqand viloyat SEO va JSB da sanitariya vrachi lavozimida ishlagan.
2021-yil Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetiga “Gigiyena” (yo’nalishlari bo’yicha) magistratura bosqichiga qabul qilingan. Hozirda Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti “Gigiyena” kafedrasida stajyor assistent lavozimida faoliyat olib bormoqda.
L.X.Elmurodova hozirda “Teri leyioshmaniozining epidemiologik xususiyatlari va uning profilaktik chora tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida Magistrlik dissertatsiyasini olib bormoqda.
L.X.Elmurodova Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy jurnallarida 5 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan.