×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi 1930 yilda tashkil etilgan.

  Kafedra mudirlari:

Prof: Semyonov Grigoriy Mixaylovich -1930-1937yy

Prof: Averburg Vsiyamin Vasilevich -1938-1946 yy

Prof: Raxmatulin Zikrullo Xayrulinovich -1947-1971 yy

Dots: Tilyaev Abdullo Tilyaevich -1971-1973 yy

Prof: Turdiev Latif O‘roqovich -1974-1995 yy

Prof: Dehqonov Toshpo‘lat Dehqonovich -1995-2011 yy

T.f.d. dots: Oripov Firdavs Suratovich -2012 yildan xozirgi kungacha.

  Kafedra faoliyati davomida 7 ta doktorlik, 26 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlangan, 6 ta monografiya, 120 dan ortiq o‘quv va ilmiy uslubiy tavsiyanomalar, 900 dan ortiq ilmiy maqolalar, 36 ta ratsionalizatorlik takliflari ishlab chiqilgan.

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti “Gistologiya, sitologiya va embriologiya” kafedrasi institutning yangi binosi B blokining ikkinchi qavatida joylashgan.

  Kafedra xodimlarining asosiy e’tibori o’quv jarayonini tashkil qilishga qaratilgan va buning uchun kafedrada barcha sharoitlar mavjud.

Ma’ruzalar zali

O’quv xonalari

  Kafedrada  o’quv  adabiyotlari,  o’rgatish  uchun  gistologik preparatlar, zamonaviy monokulyar, binokulyar va trinokulyar o’quv  mikroskoplari mavjud. Kafedra xodimlarining say’i-harakatlari bilan zarur gistologik preparatlarining namoyish materiallari tayyorlandi. Professor va o’qituvchilarimiz tomonidan gistologiya bo’yicha ma’ruzalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yozildi va ulardan talabalar qo’llanmalar sifatida foydalanmoqdalar. Kafedra xodimlari tomonidan MOODLE tizimidagi gistologiya bo’limi o’quv mikropreparatlar namoyishi, videoma’ruzalar bilan boyitildi. Gistologiya kafedrasi institutning eng ilg’or nazariy kafedralaridan biriga aylandi. Qolaversa, kafedramiz institutimizning yangi binosiga ko’chganligi sababli aksariyat o’quv xonalari zamonaviy texnika ashyolari bilan to’liq ta’minlandi. Ayniqsa, shuni ta’kidlash kerak-ki, yangi binoda alohida ma’ruza xonasi tashkillashtirilib, zamonaviy interaktiv electron doska bilan jihozlangan.


  Kafedramizda turli mutaxassisliklar bo’yicha mahalliy va xorijiy talabalar uchun "Gistologiya, sitologiya va embriologiya" fanini o’qitish mobaynida  gistologik preparatlar, Samarqand davlat tibbiyot instituti rahbariyati sayl xarakati bilan binokulyar, monokulyar va trinokulyar mikroskoplar, shu jumladan videokameralar bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida o’rganilayotgan tuzilmalar batafsil o’qitiladi. Fanni o’qitishda klassik uch bosqichli amaliy mashg’ulotlar va turli xil yangi pedagogik texnika va texnologiyalar: matbuot anjumanlari va rolli o’yinlar shaklida interaktiv mashg’ulotlar o’tkazish, materialni yaxshiroq o’zlashtirish uchun har bir darsda maqsadlarni belgilash, rejalashtirish, aks ettirish uslublari qo’llaniladi. Har bir mavzu bo’yicha metodik materiallar institutning mt.sammi.uz platformasiga joylashtirish uchun zarur bo’lgan ishlar amalga oshiriladi va doimiy ravishda materiallar yangilanib boriladi. Talabalar ilmiy jamiyatida ishtirok etayotgan, fanni chuqur o’rganayotgan talabalar uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan auditoriyada gistologik preparatlarni o’rganish imkoniyati mavjud.

Amaliyot mashg’ulotlaridan lavhalar.

  For Avicon Tex, 5 Megapixel Digital Camera – HD web camera raqamli rangli kamera va Voodoo_m152_Webcam_Driver_5.8.9.0 dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan gistologik preparatlarni raqamlashtirish uchun uskunalar sifatida kamera va dasturlash ta’minoti  ishlatiladi. 2013 yildan boshlab kafedrada talabalarni elektron o’quv materiallari bilan ta’minlash, mustaqil ishlarini tashkil etish va boshqarish, avtomatlashtirilgan test sinovlari uchun Moodle (Modular object-Oriented Dynamic Learning Environment) asosida institutimizda joriy etilgan virtual o’quv muhiti qo’llanilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan masofadan o’qitish mt.sammi.uz platformasiga gistologiya fanining barcha bo’limlariga muvofiq uch (ingliz, rus, o’zbek) tilda turli xil elektron o’quv-uslubiy materiallar kiritildi.

  "Moodle" ning multimedia imkoniyatlari o’qituvchilarga o’quv materiallarini iloji boricha zamonaviy sxema va jadvallar, organlar va gistologik preparatlar, elektron mikrofotografiyalar, audioleksiyalar, animasiyalar, videoroliklar, ma’ruza prezentasiyalar ko’rinishida taqdim etish imkonini berdi, bu esa talabalarning qiziqishini sezilarli darajada oshirdi va ular tomonidan murakkab o’quv materiallarini o’zlashtirilishini yaxshilandi. Ular talabaning darsdan tashqari mustaqil ishi uchun, ayniqsa gistologik preparat namunalarini o’rganish uchun, preparat va mikroskop bo’lmaganda zarur material bo’lib hisoblanadi.

  Talabalar tomonidan amaliy mashg’ulotlarda raqamlashtirilgan gistologik preparatlardan foydalanish, raqamli rangli kamera va tegishli dasturiy ta’minot bilan jihozlangan turli yorug’lik mikroskopi komplekslarini qo’llash fanni o’zlashtirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Bu gistologik preparatlarni o’rganishda talabalarning qiziqishini sezilarli darajada oshiradi (3-rasm).

Gistologiya amaliyot xonasidagi texnik jihozlar.

  O’quv jarayoni  integrasiyasini  ta’minlash  maqsadida  biologiya  va  anatomiya kafedralari  bilan  hamkorlikda  muntazam  ravishda      fannning  turli bo’limlari bo’yicha kompleks integrasion ma’ruzalar o’qiladi.  Beriladigan materiallarni qaytalanishini oldini olish maqsadida mazkur kafedralarda ma’ruza va amaliy mashg’ulot dasturlari muvofiqlashtiriladi. 

  O’quv jarayoni uchun mikroskopik tasvirlar banki, videoroliklar yaratildi, mikropreparatlar tasvirini mikroskopdan kompyuterga va o’quv xonalaridagi televizorlarga uzatib beruvchi videoma’ruzalar tashkil qilindi.