Журнал кардиореспираторных исследований 2024. №2


Subject of the article

NOSPETSIFIK INTERSTITSIAL PNEVMONIYANI DIFFERENTSIAL DIAGNOSTIKASI (80-82)

Authors

Maxmatmurodova Nargiza Negmatullaevna

Institution

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Abstract

Tadqiqot maqsadi. Nospesifik interstitsial pnevmoniya va boshqa o'pka kasalliklarining differentsial diagnostik belgilarini aniqlash. Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi pulmonologiya bulimida nospetsifik interstitial pnevmoniya bilan 82 ta, idiopatic opka fibrozi bilan 24 ta, ekzogen allergik alveolitli 8 ta, tizimli sklerodermiya 12 ta va dorili pnevmoniyasiga chalingan 6ta statsionar davolashda bulgan bemorlar kasallik tarixlari retrospektiv taxlili o’tqazildi. Barcha bemorlar klinik va laborator usullari, shuningdek, rentgenografiya va yuqori aniqlikdagi kompyuter tomografiyasi yordamida kerakli miqdordagi tekshiruvdan o'tdilar. Tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, nospesifik interstitsial pnevmoniyaning klinik kechishi idiopatik o'pka fibrozi, ekzogen allergik alveolit, tizimli skleroderma va dori-darmonli pnevmoniyalarga o'xshaydi. Nospesifik interstitsial pnevmoniya uchun tomografiya belgilari - "hirali oyna", asosan bazal lokalizatsiya, saqlanib qolgan parenximaning simmetrik subplevral zonalari, o'rtacha retikulyar o'zgarishlar; idiopatik fibrozda - "uyali o'pka", subplevral va bazal lokalizatsiya bilan aniq retikulyar o'zgarishlar; ekzogen allergik alveolitda - "hirali oyna", ta'sirlanmagan subplevral chiziqlar (subpleural sparing), bir xil taqsimot, shu jumladan yuqori bo’lak, shaffofligi pasaygan bo’lakli joylar; bo’lakcha ichi tugunlar; surunkali kechishda - subplevral "uyalar", bo’lakcha aro va bo’lakcha ichi devorlarning qalinlashishi; tizimli sklerodermiyada - qizilo'ngachning kengayishi, o'pka arteriyasining kengayishi bilan birgalikda nospesifik interstitsial pnevmoniya bilan bir xil; dorili pnevmoniyasida - nospesifik interstitsial pnevmoniya bilan bir xil. Nospetsifik interstitial pnevmoniya va opkaning boshka kasalliklarini differentsial diagnostikasida anamnez, klinik tasvir va KT belgilariga alohida e'tibor qaratish lozimligi aniklandi.

Key words

Kalit so’zlar: nospetsifik interstitsial pnevmoniya, o'pka kasalliklari, farqlash mezonlari.

Literature

1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. Аверьянов А.В., Лесняк В.Н., Коган Е.А. Редкие заболевания легких: диагностика и лечение.// Изд-во МИА, Москва. – 2016. – 245 с. Махматмурадова Н.Н., Аралов Н.Р., Сафарова М.П. Клинико-иммунологическая характеристика неспецифической интерстициальной пневмонии// Научно-методический журнал «Достижения науки и образования». - №13 (54). – 2019. – Иваново, - с. 117-120. Ибадова О.А., Аралов Н.Р. Диагностические трудности и различия в терминологии идиопатической фиброзирующей болезни легких// Научно-методический журнал «Достижения науки и образования». - №2(56) – 2020. – Иваново, - с. 63-68. Ибадова О.А., Аралов Н.Р., Курбанова З.П. Роль сурфактантного белка D (SP-D) в иммунном ответе при неспецифической интерстициальной пневмонии// Научно-методический журнал «Достижения науки и образования». - №4(58) – 2020. – Иваново, - с. 45-50. Симонова, И.И. К вопросу о системном воспалении при хронической обструктивной болезни легких стабильного течения / И.И. Симонова, М.В. Антонюк, Л.В. Веремчук и др. // Здоровье. Медицинская экология. Наука. -2016. - Том 67, №4. - с. 44-54. Шмелев Е.И. Дифференциальная диагностика интерстициальных болезней легких // Consilium medicum. - 2003. - Том 5. Ч № 4. - С.176-181. Akira M, Suganuma N. Clustered Cystic Changes in Long-Term Follow-Up Thin-Section Computed Tomographic Findings in Fibrotic Nonspecific Interstitial Pneumonia. //Can Respir J. 2024 Feb 14;2024:6665568. doi: 10.1155/2024/6665568. eCollection 2024. Gayá García-Manso I, Arenas Jiménez J, Hernández Blasco L, García Garrigós E, Nofuentes Pérez E, Sirera Matilla M, Ruiz Alcaraz S, García Sevila R. Radiological usual interstitial pneumonia pattern is associated with two-year mortality in patients with idiopathic pulmonary fibrosis. //Heliyon. 2024 Feb 17;10(5):e26623. doi: 10.1016/j.heliyon.2024.e26623. eCollection 2024 Mar 15.PMID: 38434331 Interstitial lung diseases. Ed. by D.Oliveri, R.M.du Bois. Eur.Resp.Monograph. 2000. - Vol.5. - Mon.14. 288 p. 10. Kashkash F, Khorri A.Observational findings of transbronchial lung biopsy in patients with interstitial lung disease: a retrospective study in Aleppo University Hospital.// Ann Med Surg (Lond). 2023 Feb 17;85(2):146-152. doi: 10.1097/MS9.0000000000000180. eCollection 2023 Feb.PMID: 36845790