Reproduktiv salomatlik va uro-nefrologik tadqiqotlar jurnali 2022 № 4
Subject of the article
COVID - 19 PANDEMIYASI DAVRIDA BOLALARDA PIELONEFRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATI, DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH (53-57)
Authors
Gapparova Guli Nurmuminovna, Axmedjanova Nargiza Ismoilovna
Institution
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Samarqand, O'zbekiston
Abstract
Ko'pgina mualliflarning ta'kidlashicha, COVID-19 infektsiyasi asosan buyrak kasalligi bo'lgan odamlarda davolanishni murakkablashtirishi va o'lim darajasini oshirishi mumkin [6, 7]. Ishning Maqsad: COVID-19 bilan kasallangan bolalarda pielonefritning klinik va laborator xususiyatlarini o’rganish va davolash. Materiallar va tekshirish usullar:I guruh - pielonefrit bilan og'rigan, COVID-19 infiksiyasi bilan kasallangan bolalar - 50 bola. II guruh Taqqoslash guruhi pielonefrit bilan og'rigan, COVID-19 infiksiyasi bilan kasallanmagan bolalardan iborat - 50 bola. Natijalar: Etakchi klinik simptomlar yig’indisi bu siydik sindromi edi. Birinchi guruhdagi barcha bolalarning laboratoriya tekshiruvida massiv leykotsituriya, bakteriuriya, leykotsitlar formulasining chapga siljishi, EChT tezlashishi va C-reaktiv oqsil kontsentratsiyasining ortishi bilan leykotsitoz aniqlandi. Xulosa: Bizning klinik kuzatuvimiz shuni ko'rsatadi COVID-19, hatto engil kechsa ham, bolalarda pielonefritning kuchayishiga olib kelishi va shu bilan birga, surunkali pielonefritning tez-tez qaytalanishi aniqlandi. COVID-19 fonida pielonefriti bor bolalarda standart davolash sxemasiga A vitaminini kiritish 2, 3 kun oldinroq buyraklar kosacha-jom tizimi va parenximasida membranoliz va sitoliz jarayonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni normaga kelishiga, eritrositlarning elektron-transport funksiyasini tiklanishiga imkon beradi
Key words
COVID-19, pielonefrit, protienuriya, mikrogematuriya, likotsituriya
Literature
1. Сафина, А. И. Становление функций почек у детей, родившихся преждевременно / А. И. Сафина, Г. А. Абдуллина, М. А. Даминова // Российский вестн. перинатологии и педиатрии. — 2016. 2. Гаппарова Г.Н. Инфекции мочевыводящих путей у детей, пиелонефрит: диагностика и лечение /Проблемы биологии и медицины -2022. 3. Gapparova G. N. Сovid-19 Pandemiyasi Davrida Bollarda Pielonefritning 4. Kliniko-Laborator Xususiyatlari, Diagnostikasi //Texas Journal of Multidisciplinary Studies-2022. 5. Gapparova G. N. Clinical and laboratory diagnosis of uricosuric nephropathy in children//Web of scientist : international scietific research journal-2022 6. Gapparova G. N. in the post period of covid -19 diseasespecific clinicallaboratory properties and diagnosis of pyelonephritis in children//academicia: an international multidisciplinary research journal-2022