Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali. Maxsus son. 2022


Subject of the article

SUT BEZI DISGORMONAL KASALLIKLARINING OROL BO’YI XUDUDIDA YASHOVCHI AYOLLARDA UCHRASH CHASTOTASI VA XAVF OMILLARI (712-716)

Authors

Xojimuratova M.X.

Institution

Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiallari

Abstract

Maqolada rak oldi kasalliklaridan fibroz-kistoz kasallik(FKK)yoki mastopatiyalar, sut bezining yaxshi sifatli displaziyalari(SBYaD), fibroadenoma(FA) va sut bezi saratoni (SBS) etiologiyasi va xavf omillarining o‘zaro bog‘liqligi sut bezi saratoni xavfi ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan FKK ning patogenezi va morfogenezi, sut bezi hujayralaridagi apoptotik omillarning rivojlanish mexanizmlari kengroq yoritiladi. Bir qancha xavf omillar ayolning tanasida gormonal muvozanatni buzadi, sut bezi to‘qimalarida giperesterogenezm va bez epiteliysining giperproliferatsiyasini keltirib chiqaradi, bu esa FKK rivojlanishiga, tug‘ma yoki orttirilgan gen shikastlanishi bo‘lsa SBS rivojlanishiga olib keladi. FKK bilan og‘rigan bemorlarda hal qiluvchi omil biopsiya natijasida olingan sut bezi to‘qimalarining morfologik tekshiruvidir. FKK ning proliferativ bo‘lmagan shaklida SBS xavfi oshmaydi yoki minimal darajada bo‘ladi. FKK ning atipiyasiz proliferativ shakli bilan ko‘krak saratoni xavfi ikki barobar oshsa, atipik shakli bilan 4 barobar ortadi. FKK ning lobulyar yoki kanalchalar karsinoma in citu shakli bilan SBS ning xavfi maksimal darajada –12 barobargacha ortadi.

Key words

sut bezi o‘smasi, rak oldi kasalliklari, mastopatiya, disgormonal kasalliklar, apaptoz, fibroadenoma

Literature

1. “Современная стратегия профилактики рака молочной железы». Мещеряков А.А. 2017г. 2. «Интраэпителиальная неоплазия молочной железы». Ефремов Г.Д. 2013г. 3. «Патоморфологическое и иммуногистотоксическое исследование миоэпителей при гиперпластических процессах и ракамолочной железе». Ившина Ю.А 2005г. 4. Клинико-морфологические особенности мультицентрического роста и рецидирования при раке молочной железы. Вторушин С.В. 2012г. 5. “Sut bezi saratonini tashxisini kuyish va davolashda klinik-morfologik va molekulyar genetik jixatlari.” Kaxxarov A.J. 2019y.