Kardiorespirator tadqiqotlar jurnali. Maxsus son. 2022


Subject of the article

SURUNKALI PIYELONEFRITNING KAMQONLIK SINDROMI BILAN KECHISHINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (333-336)

Authors

Melikova D.U.

Institution

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Abstract

Bolalardagi buyrak patologiyalari orasida piyelonefrit uchrashi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Piyelonefrit progressiv va yashirin kechishi tufayli ko`pincha bolalik davridayoq buyrak gipertenziyasi va buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi sababli klinik shifokorlarning diqqatini jalb qilib kelmoqda. Bolalik davrida rivojlanayotgan surunkali buyrak yetishmovchiligining 15% dan ortig'i surunkali piyelonefrit bilan bog'liq. So'nggi yigirma yil ichida tadqiqotchilar tomonidan piyelonefritning kelib chiqish sabablarini to`ldiruvchi ma`lumotlar bo`yicha sezilarli darajada katta yutuqlarga erishildi. Piyelonefrit kelib chiqishida siydik yig`ilib qolishi va yallig'lanishdan tashqari, shubhasiz, piyelonefritning moyillikni keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo'lib, ular irsiy, anatomik, immunologik, metabolik va mikrobiologik omillar hisoblanadi. So'nggi yillarda anemiyani surunkali piyelonefrit rivojlanishiga va terminal holat kelib chiqishiga ta`sir etuvchi mustaqil xavf omili sifatida ko'rsatadigan sezilarli miqdordagi tadqiqotlar to'plandi, epidemiologik tadqiqotlar gemoglobin darajasi va endogen kreatinin klirensi o'rtasidagi korrelyatsiyani ko'rsatdi. SPda anemiya chastotasi turli xil bo'lib, bu SP bilan og'rigan bemorlarning populyatsiyasining turli xilligi va buyrak zararlanishi katta yoki kichik bo'lgan bemorlarni tanlovda ishtirok etishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Key words

intoksikatsiya, gemoglobin, kamqonlik, gipoksiya, KFT.

Literature

1. Margieva T. V., Komarova O. V., Vashurina T. V., Zrobok O. A., Sergeeva T. V., Sigin A. N. Rekomendasii po diagnostike i lecheniyu infeksiy mochevivodyashix putey u detey. Pediatricheskaya farmakologiya. 2016; 13 2. Klimova Ye.A. Metodi korreksii anemii u bol'nix s xronicheskoy pochechnoy nedostatochnost'yu // Russkiy medisinskiy jurnal. — 2011. - №29. - S. 1808-1816. 3. Najimov Sh. R., Sirojeva N.A., Davlatova I.R., Melikova D.U. Rol narusheniya metabolizma purinov v formirovanii xronicheskoy bolezni pochek u detey. Biologiya va tibbiyot muammolari – 2019.- №1-314 b. 4. Pankratenko T.E., Abaseeva T.Yu., Margieva T.V. Anemiya u detey s xronicheskoy bolezn'yu pochek // Pediatricheskaya farmakologiya. — 2011. - №8(3). - S. 80-84. 5. Atkinson M.A., Pierce C.B., Fadrowski J.J. Association between common iron store markers and hemoglobin in children with chronic kidney disease. Pediat Nephrol 2012; 27: 12: 2275-2283.