Журнал кардиореспираторных исследований 2022, №2


Maqola mavzusi

FIBROBBLASTLARNING O`SISH OMILI (16-18)

Mualliflar

Soliev Alisher Urokovich, Jarilkasynova Gavhar Januzakovna

Muassasa

Buxoro tibbiyot instituti

Annotatsiya

Fibroblastlarning o'sish omili yoki FGF angiogenez, yaralarni davolash va embrion rivojlanishda ishtirok etadigan o'sish omillari oilasiga tegishlidir. Fibroblast o'sish omillari geparinni bog'laydigan oqsillardir. Hujayra yuzasi proteoglikanlari bilan o'zaro ta'sir qilish fibroblast o'sish omillarining signal uzatilishi uchun zarur ekanligi isbotlangangan. Fibroblast o'sish omillari keng doiradagi hujayralar va to'qimalarni proliferasiya va differensirovkasida asosiy rol o'ynaydi. Odamlarda FGF oilasining 22 vakili topilgan, ularning barchasi tizimli ravishda o'xshash signalli molekulalardir. FGF21 - barcha sabablarga ko'ra o'limni, hamda yurak-qon tomir kasalliklaridan o'lim bashorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, FGF21 ning miqdori yuqori bo`lsa, 30 kun ichida takroriy miokard infarkt kuzatilishi mumkinligi xavfi oshadi

Kalit so'zlar

fibroblast o'sish omili, fibroblast o'sish omili retseptorlarini (FGFRs), autokrin, intrakrin, parakrin omillar, rivojlanish nuqsonlari, angiogenez, differentsiatsiya, neyrogenez

Adabiyotlar

Soliyev A.U. /Qari va keksalarda arterial gipertoniya tarqalishi va xavf omillarining uchrashi. //Biomeditsina va amaliyot jurnali. B.435-441. Maxsus son. 2020 yil. Toshkent.