Gepato-gastroenterologik tadqiqotlar jurnali 2021, № 4
Maqola mavzusi
YOSH BOLALARDA MINIMAL MIYA NIZMATLARINI TUZATISH USULLARI (137-139)
Mualliflar
Sharipov R.Kh., Rasulova N.A., Akhmedova M.M., Rasulov A.S., Irbutaeva L.T.
Muassasa
Samarqand davlat tibbiyot instituti
Annotatsiya
Bir yoshgacha bulgan 90 nafar bolalarning klinika-biokimyoviy kursatgichlari tekshirilgan: asosiy guruhni MAT ning perinatal shikastlanishining asoratlarini tiklash uchun davolanayotgan 44 nafar bola tashkil etdi, nazorat guruhini PEP bilan kasallangan 26 nafar tashkil qilib, bundan tashqari 20 nafar sog’lom bolalarda LPO holati o’rganib chiqildi. Izlanish natijalari shuni ko‘rsatdiki bemor bolalarda LPO jarayonining kamayishi yoki ayrim paytlarda, ularning nomutanosibligi aniklandi. Oksibral qo‘llanishi LPO ko‘rsatkichlarining tiklanishi bilan birgalikda nevrologik belgilarining tezroq ijobiy o‘zgarishlariga, ya'ni, bolalarning tinchlanishi, uyqusining yaxshilanishiga olib keldi. Oksibralni qo‘llash vaqtida miya qobig‘i bosimi tezroq normallashdi. Nevrologik buzilishlarida oksibralni qo‘llash reabilitasiyani tezlashtiradi va bolalarda MATning perinatal jarohatlari qoldiqlari foizini ancha kamayishiga olib keladi.
Kalit so'zlar
Kalit so'zlar: asab tizimining perinatal shikastlanishining oqibatlari, chaqaloqlar, lipid peroksidlanishi, davolash
Adabiyotlar
1. Barashnev Yu.I. Gipoksik ensefalopatiya: serebral kasalliklarining patogenezi gipotezalari va dori terapiyasi usullarini izlash. Rossiya perinatologiya va pediatriya byulleteni. 1. 2002 yil. 2. Volodin N.N., Medvedev M.I., Rogatkin S.O. Perinatal ensefalopatiya va uning oqibatlari - semiotika va terapiya mubozarali savollari. Ros pediatr zhurn, 1, 2001 yil. 3. G‘ofurov B.G., Boltayev E.I. Diskirkulyatsion ensefalopatiyasi bo'lgan bemorlarda oksibra-retard preparatini qo'llash tajribasi. Nevrologiya. №2. Toshkent. 2004 yil. 4. Erenchin R.A., Serova T.K., Akmurzaeva A.B. Serebral patologiyasi bo'lgan bolalarda oksibraldan foydalanish. MMPvaDX 70 yilligiga bag‘ishlangan anjuman materiallari. Olmata. 2004 yil. 5. Shamsiev A.M., Sharipov R.X., Atakulov D.O., Yusupov Sh.A., Shamsiev J.A., Suvanqulov U.T. Bolalarda lipid perekis oksidlanishining yoshga bog'liq dinamikasi. Umumiy amaliyot shifokori byulleteni. Samarqand. 2001 yil.