Biomeditsina va amaliyot jurnali, 2022 №4
Тема статьи
THE VALUE OF CYTOKINES IN CHILDREN WITH ES (58-63)
Авторы
YUSUPOV Mashrab Ismatillovich RIZAEV Jasur Alimjanovich Tibbiyot fanlari doktori, professor ZIYADULLAEV Shuxrat Xudoyberdievich Tibbiyot fanlari doktori, dotsent Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
Учреждение
SamDTU
Аннотация
Maqsad: Esherixioz bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda yallig‘lanishga xos interleykenlarni miqdor va sifat jihatdan o‘rganish orqali ulardagi immunologik o‘zgarishlarni o‘rganish. Tadqiqot usullari: Tadqiqot uchun 30 nafar bir oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan, Esherixioz bilan kasallangan bolalarda tekshiruv o‘tkazildi. Esherixioz bilan kasallangan bolalarning pereferik qon tomiridan olingan namunadagi interleykenlar o‘rganildi. Qondagi interleykinlar (IL) miqdori kasallikning o‘tkir va erta rekonvaletsensiya davrlarida qattiq fazali immunoferment tahlili yordamida aniqlandi. Nazorat uchun yoshi, jinsi, premorbid foni bo‘yicha mos keladigan 20 nafar sog‘lom bolalarda tekshiruv o‘tkazildi. Olingan natijalar: esherixioz bilan kasallangan bolalar qon zardobida interleykinlar miqdori bir xilda oshishi kuzatildi. Erta rekonvalitsensiya davrida esa qon zardobida barcha turdagi interleykinlar miqdorining pasayishiga guvoh bo‘ldik (r < 0,01). Kasallikning o‘rta og‘ir shaklining rekonvalitsensiya davrida IL -4 va IL -8 lar miqdori yuqoriligicha saqlanib qoldi, biroq sog‘lom bolalar tekshirib ko‘rilganda ulardagi ko‘rsatkichlar bilan bir xilligi aniqlandi (r > 0,05). Umumiy holda barcha interleykinlar pasayishi kuzatilayotgan bir holda bemor bolalar qon zardobidagi IL -1 miqdori sog‘lom bolalardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2,1 marta ko‘p bo‘ldi. Xuddi shunday nisbat IL -2 (miqdorining oshishi 2,2 marta) da va IL -6 (me’yoriy ko‘rsatkichlardan 1,7 marta ko‘p)da ham kuzatildi. Kasallikning boshlashg‘ich davrida IL lar miqdorining past ko‘rsatkichlarda bo‘lishi (yoki biroz oshishi) yoki turlicha interleykinlarni paydo bo‘lishi kasallikning og‘ir tarzda kechishi mumkinligini ko‘rsatdi. Xulosalar: Shunday qilib, esherixioz natijasida rivojlangan koliinfeksiya bilan kasallangan bolalarda kasallikning o‘tkir davrida interleykinlar miqdori oshganligi kuzatildi. Bu esa kasallikning og‘ir shaklda kechishi o‘rta og‘ir shakliga nisbatan ishonchli darajada farq borligini ko‘rsatdi (r < 0,01). Kasallikning og‘ir shakli bilan kasallangan bemor bolalar rekonvalitsensiyazardobidagi interleykinlar miqdori sezilarli darajada pasaydi, ammo sog‘lom bolalarda aniqlangan ko‘rsatkichlardan yuqori darajada saqlanib qolindi (r < 0,01). Kalit so‘zlar: interleykin, bolalar, esherixioz, yallig‘lanish, enteropatogen ichak tayoqchasi,
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: interleykin, bolalar, esherixioz, yallig‘lanish, enteropatogen ichak tayoqchasi,
Литературы
1. S Ziyadullaev, O Elmamatov, N Raximov, F Raufov. Cytogenetic and immunological alterations of recurrent bladder cancer. European Journal of Molecular & Clinical Medicine 7 2. Н.Р Аралов, Ш.Х Зиядуллаев. Иммунный статус подростков больных бронхиальной астмой, проживающих в табаководческом районе. //Тюменский медицинский журнал. №2 . 2011. с.32-33. 3. Ш.Х Зиядуллаев, М.М Хайдаров, Р.М Нуралиева. Иммунный статус здорового населения подростков и юношей. //Академический журнал Западной Сибири 10 (3) с. 80 4. Yusupov M. I., Shaykulov H.Sh. The Role of Hemolytic Enteropathogenic Escherichia Coli (EPEC) in the Development of Diarrhea in Children, its Features of Prevention and Treatment //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on Modern Trends in Scientific Research and Development, Case of Asia. s.134-135 5. Юсупов М.И., Одилова Г. М., Шайкулов Х. Ш. Антигенные сходства штаммов e. coli, выделенных от детей и их матерей. //Биология ва тиббиёт муаммолари. № 6. 2020. (124). с 202-205 6. Юсупов М.И., Одилова Г. М., Жамалова Ф.А. Появление гемолитеческих свойств у кишечных палочек в зависимости от состава питательной среды. // "Экономика и социум" №3(82) ч.2 2021. с 602-606 7. М. И. Юсупов, Х. Ш. Шайкулов, Ф. А. Жамалова, У. У. Очилов. Иммунный статус детей с коли инфекцией, вызванной гемолитическими эшерихиями до и после лечения бифидумбактерином и колибактерином. // Journal of biomedicine and practice .Volume 6, Issue 4. с 272-276 8. Юсупов. М.И., Шайкулов Х.Ш.Антибиотикочувствительность эшерихий выделенных при диарейных заболеваний. //Биология ва тиббиёт муаммолари. № 4,1(105).