Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” o‘tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda universitetda tahsil olayotgan talabalarning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish, ularning ongida kitob orqali ma’rifat g‘oyalarining shakllanishiga zamin yaratish, shuning bilan birga talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida “Yosh kitobxon talabalar ligasi”ning universitet bosqichi o‘tkazildi.

  Bellashuvda turli fakultet talabalari jamoalarga bo‘lingan holda o‘zlarining kitobxonlik salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati